Quloq oshiq boʻlarkan koʻzdan avval
Qiyofa
(Quloq oshiq bo‘larkan ko‘zdan avvaldan yoʻnaltirildi)
| Quloq oshiq boʻlarkan koʻzdan avval | |
|---|---|
| Qardosh loyihalar | |
Quloq oshiq boʻlarkan koʻzdan avval — turk yozuvchisi Sema Marashlining oila, erkak va ayol oʻrtasidagi munosabatlariga bagʻishlangan kitobi.
Iqtiboslar
[tahrirlash]- Soʻylamishlar kelganlar bizdan avval,
Quloq oshiq boʻlarmish koʻzdan avval. - Jannat sevishni bilganlarniki!
- Ona mehri boshqacha, yor sevgisi boshqacha.
- Eng muhim farq: erkak eʼtiborini butunga qaratadi, ayol esa tafsilotlariga.
- Juda ajoyib maqol bor: “Bir mix sababli bir taqa, bir taqa sababli bir ot, bir ot sababli bir suvoriy oʻladi”.
- Ota-onalarning vazifasi farzandlarini baxtli qilish emas. Ota-onalarning vazifasi bolalarini dunyo va oxirat hayotiga tayyorlashdir.
- Chala imom dindan, chala doktor jondan, chala maʼlumot esa insonni yoʻldan ozdiradi.
- Kuchlilik yoki kuchsizlik tanlagan hayotda emas, balki mana shu hayotni yashayotganda sen koʻrsatadigan kuchda, quvvatda namoyon boʻladi.
- Ayol na gul gʻunchasi va na tikan.
Hidlashni bilsang gul, ushlashni bilmasang, tikan.