Rushdiy Muhammad Siddiq
Qiyofa
| Rushdiy Muhammad Siddiq | |
|---|---|
| Umumiy maʼlumotlar | |
| Tavalludi |
XVII asr Qoʻqon |
| Vafoti |
XVII asr Qoʻqon |
| Qardosh loyihalar | |
Rushdiy Muhammad Siddiq (arabcha: رشدي محمد صديق; XVII asr, Qoʻqon) – shoir, adib va tarjimon. „Tazkirat ul-avliyo turkiy“ va „Gʻavsul-Aʼzam“ kabi asarlar muallifi.
Iqtiboslar
[tahrirlash]- Asl gʻizo kasb va hunar bilan topilgan gʻizodir[1].
- Baxilning yuziga koʻp qarasang, bagʻritosh boʻlasan[2][3].
- Ikki narsa koʻngilni fasodgʻa eltur: biri – toʻla yeyish, biri – toʻla uyqulamoq[1].
- Kishini yomon dema (gʻiybat qilma)[1].
- Namozi bomdoddin keyin volidangni ziyorat qil va xizmatida boʻl[1].
- Nodondin yiroq qochqon donodur[1].
- Nomurodlar koʻnglini ogʻritma[1].
- Och boʻlsangda och koʻrunma, tamaʼgirlik qilma[1].
- Qoʻrqoqning oldida haq soʻzni aytma[1].
- Sayri jahon qiling, suvga oʻxshab. U doim oqishdadur – toza va xushdur va agar bir yerda koʻp toʻxtab qolsa, badboʻy boʻlur[1].
- Oʻzing muhtoj boʻla turib, saxiylik qilaman dema[2][4].
- Oʻzingni shubhadin yiroq tut[1].
- Gʻizo yemak uch turlik boʻlur: Oriflar gʻizosi – kunda bir mahal. Moʻmiylar gʻizosi – kunda ikki mahal. Hayvonlar gʻizosi – kunda uch dafʼa va undan ortuq[1].
Manbalar
[tahrirlash]- ↑ 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 1,10 Hamidjon Xomidiy; Mahmud Hasaniy. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997-yil — 251-bet.
- ↑ 2,0 2,1 Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet.
- ↑ Tursun 2006, s. 99.
- ↑ Tursun 2006, s. 97.
Adabiyotlar
[tahrirlash]- Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet.