Kontent qismiga oʻtish

Abu ad-Dardo

Vikiiqtibosdan olingan
Abu ad-Dardo

Umumiy maʼlumotlar
Tavalludi 586
Madina
Vafoti 652
Damashq
Qardosh loyihalar

Abu ad-Dardo – Muhammad paygʻambarning sahobasi.

Iqtiboslar

[tahrirlash]
  • Boy birodarlarimizga adolat qilmadik. Ular yeydilar, biz ham yeymiz. Ular ichadilar, biz ham ichamiz. Ular qiynaladilar, biz ham qiynalamiz. Ularning koʻp mollari bor, unga qarashadi, biz ham ular bilan birga u mollarga qaraymiz. Ular hisob berishadi, ammo biz hisob berishdan ozodmiz[1][3].
  • Moʻminning tanasida tilchalik Alloh sevgan parcha et yoʻqdir. Alloh moʻminni tili tufayli jannatga kiritadi. Kofirning vujudida tilchalik Allohga yoqimsiz parcha et yoʻqdir. Alloh taolo kofirni tili tufayli doʻzaxga tashlaydi[1][5].
  • Odamlar kambagʻallikni yomon koʻradilar, men yaxshi koʻraman. Ular oʻlimni yomon koʻradilar, men yaxshi koʻraman. Faqirlikni Rabbimga tavozeʼli va oʻlimni Rabbimga mushtoq boʻlganim uchun yaxshi koʻraman[1][6].
  • Sen olim, yo oʻrganuvchi yoki unga quloq tutuvchi boʻl. Lekin toʻrtinchisi boʻlmagilki, halokatga yuz tutasan[1][7].
  • Yaxshilarni sevib, siz haqingizda haq bir gap aytilganida qabul qilar ekansiz, xayr-barakot ichidasiz[1][8].
  • Yaxshilik qilganingizda Allohga hamd ayting, mabodo biror gunoh ish sodir etib qoʻysangiz, albatta Allohdan magʻfirat soʻrang[1][9].

Manbalar

[tahrirlash]
  1. 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet. 
  2. Tursun 2006, s. 186.
  3. Tursun 2006, s. 90.
  4. Tursun 2006, s. 16.
  5. Tursun 2006, s. 48.
  6. Tursun 2006, s. 91.
  7. Tursun 2006, s. 15.
  8. 8,0 8,1 Tursun 2006, s. 138.
  9. Tursun 2006, s. 125.
  10. Tursun 2006, s. 137.

Adabiyotlar

[tahrirlash]
  • Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet.