Kontent qismiga oʻtish

Firdavsiy

Vikiiqtibosdan olingan
(Abulqosim Firdavsiydan yoʻnaltirildi)
Firdavsiy
Vikipediyadagi maqola
Vikimanbadagi asarlar
Vikiombordagi fayllar

Abulqosim Firdavsiy (940-yil – 1019/1025-yil) – fors-tojik shoiri va „Shohnoma“ asarining muallifi boʻlib, bu asar dunyodagi eng uzun dostonlardan biri hamda fors tilida soʻzlashuvchilarning eng ulugʻ dostoni hisoblanadi.



Iqtiboslar

[tahrirlash]
  • Birovga sogʻinsa har kim yomonlik,
    Nihoyat ul oʻzi topmas omonlik[1].
  • Donolar soʻziga quloq ilmasang,
    Eng nodon sendirsan – bilgil, bilmasang[1].
  • Gapirmagan gaping ichingda nihon,
    Har tomon yoyilar aytganing zamon[1].
  • Kimki tigʻ koʻtarar birov joniga,
    Zamon tashna boʻlur uning qoniga[1].
  • Qayda ravshan boʻlsa toʻgʻrilik nuri,
    Egrilik soʻnadi, quriydi shoʻri[1].
  • Tajribali it barsni tutib yer,
    Qochar tulkidan jang koʻrmagan sher[1].
  • Tirik qolib gʻanim boʻlgandan shodon,
    Sharaf bilan oʻlish yaxshiroq chandon[1].
  • Toʻgʻrilikdan kelmish hamma yaxshi ot,
    Egrilikdan foyda koʻrmadi bir zot[1].
  • Oʻzgaga qilgan muruvvatingni doʻstga ham, dushmanga ham maqtanma[1].
  • Oʻzining aybini bilganda odam,
    Boshqalar aybini soʻzlamasdi ham[1].
  • Oʻz yovin parvarish qilgan odam xom,
    Jahonda chiqarar axmoq degan nom[1].
  • Shon-shavkat yuksak maqsad sari intilganning mulkidir[1].

Manbalar

[tahrirlash]
  1. 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 1,10 1,11 1,12 1,13 1,14 Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet.