Farididdin Attor
Qiyofa
| Farididdin Attor | |
|---|---|
|
| |
| Umumiy maʼlumotlar | |
| Tavalludi |
mart 1145 Nishopur |
| Vafoti |
26-aprel 1221 Nishopur |
| Qardosh loyihalar | |
Farididdin Attor (asl ismi: Muhammad Abu Bakr ibn Ibrohim; tax. 1148/1151-yil, Nishopur – 1219/1221-yil) – mutasavvif fors shoiri. Asarlarida tasavvufni targʻib qilgan. Mansur Halloj, Boyazid Bistomiy taʼlimotidagi gʻoyalarni davom ettirgan.
B
[tahrirlash]- Boyliging boʻlganda tanglik qilmagin,
Yoʻling ochiq boʻlsa, langlik qilmagin![1] - Boʻlmasin olamda rizqim kam desang,
Masʼiyatni kam qilgʻil gʻam yesang[2]. - Boʻlsa tanballik kishining peshasi,
Tekkay oyogʻina xorlik teshasi![3] - Boʻshamasa tili gʻiybatdan,
Boʻshamaydi dil uqubatdan[4][5].
D
[tahrirlash]- Doimo doʻstlar bilan boʻl hamnafas,
Koʻrma dushmanning yuzini bir nafas![6].
E
[tahrirlash]- Ey birodar, boʻlsa idroking mudom,
Elda boʻlgin doimo shirin kalom!
Xoʻmrayib har kimsa achchiq soʻzlagay,
Doʻstlari undan qochishni koʻzlagay![7]
H
[tahrirlash]- Har kimki dilozordir,
Hayoti ohu zordir[4][8]. - Har kimki poknazardir,
Jahonda moʻtabardir[4][9]. - Har kim tama yoʻlin tutsa gar pesh,
Oqibat bir kun boʻlgʻuvchi darvesh![10]
I
[tahrirlash]- Ikki kishidan sen yashirma darding:
Biri tabib erur, biri — hamdarding[4][11]. - Ilm ila kimning dili ravshan erur,
U zamon ichra salomat tan erur[12]. - Inson ichida eng ablah inson,
Nafs-havo ketidan boʻladi sarson[4][13].
K
[tahrirlash]- Keksalarni etsang aziz-u hurmat,
Seni ham keksaygach, etishar izzat[4][14]. - Kim agar doʻstlar bilan yakdil boʻlur,
Barcha maqsudi aning hosil boʻlur[4][15]. - Kimda boʻlsa donishu, aqlu, tamiz,
Ilm ila hilm ahlini tutgan aziz.
Sen xatolardan oʻzingni tut uzoq,
Ey oʻgʻil! Oqil esang solgil quloq![16] - Kimdaki botini haromdan pok emas,
Oni ruhi qobili aflok emas![17] - Kimki dushmandan qilmadi hazar,
Oqibat undan koʻradi zarar[4][11]. - Kimki kekkayar manmanlik bilan,
Doʻstlari oxiri boʻlishar dushman[4][18]. - Kim gʻamli kunda yoru mungdosh boʻlur,
Shodlik kuningda tagʻin yoʻldosh boʻlur[4][19]. - Kishilarga boqsang noz-neʼmat kuni,
Yetishar dodingga mashaqqat kuni[4][20].
M
[tahrirlash]- Mutakabbir boʻlishdan oʻzingni saqla. Takabburlik — johillar odati, aqlli odamlar mutakabbir boʻlmaydilar[4][21].
N
[tahrirlash]- Neʼmatim oshsin desang ust-ustiga,
Non ushogʻin sochma oyoq ostiga![2] - Nokas eshigiga qadam qoʻymagʻil,
Duch kelganda hatto holin soʻrmagʻil[4][22].
O
[tahrirlash]- Oqil inson topganiga sabr etar,
Soʻng oʻzining nafsiga ul qahr etar!
Ablah odam ablahi shunday odam,
Doimo nafs kuyida oʻrgay qadam![23]
Q
[tahrirlash]- Qilgan ishim boʻlmasin desa bas,
Er faqat oʻz maqsadini oʻylamas![24] - Qoʻy taʼmani, bor esa senda tamiz,
Shubhasiz, el ichra boʻlgʻaysan aziz[25].
P
[tahrirlash]Q
[tahrirlash]- Quvvatim borida foydam bilmadim,
Tushungan vaqtimda kuchim boʻlmadi[4][27]. - Qoʻy taʼmani, bor esa senda tamiz,
Shubhasiz, el ichra boʻlgʻaysan aziz[4].
T
[tahrirlash]- Tashlagil hirsni, qanoat pesha qil,
Shum oʻlimning panjasin andisha qil![28] - Toʻrt narsani toʻrt narsadan, yaʼni dilni hasaddan, tilni yolgʻondan va gʻiybatdan, qilgan ishingni munofiqlikdan, qorningni harom-harishdan pok tut, shundagina chin odam hisoblanasan[4][29].
X
[tahrirlash]Oʻ
[tahrirlash]- Oʻz tili tagida faxriydir odam[4][30].
- Oʻgʻilginam, totimagil baxil nonidan,
Uzoq boʻl, baxilning dasturxonidan[4][31].
Gʻ
[tahrirlash]Manbalar
[tahrirlash]- ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 167.
- ↑ 2,0 2,1 Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 219.
- ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 222.
- ↑ 4,00 4,01 4,02 4,03 4,04 4,05 4,06 4,07 4,08 4,09 4,10 4,11 4,12 4,13 4,14 4,15 4,16 4,17 4,18 4,19 4,20 Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet.
- ↑ Tursun 2006, s. 184.
- ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 41.
- ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 91.
- ↑ Tursun 2006, s. 146.
- ↑ Tursun 2006, s. 135.
- ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 159.
- ↑ 11,0 11,1 Tursun 2006, s. 170.
- ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 10.
- ↑ Tursun 2006, s. 88.
- ↑ Tursun 2006, s. 119.
- ↑ 15,0 15,1 Tursun 2006, s. 171.
- ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 9.
- ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 218.
- ↑ Tursun 2006, s. 153.
- ↑ Tursun 2006, s. 167.
- ↑ Tursun 2006, s. 98.
- ↑ Tursun 2006, s. 157.
- ↑ Tursun 2006, s. 99.
- ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 158.
- ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 166.
- ↑ Tursun 2006, s. 100.
- ↑ Tursun 2006, s. 177.
- ↑ Tursun 2006, s. 115.
- ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 141.
- ↑ Tursun 2006, s. 190.
- ↑ Tursun 2006, s. 143.
- ↑ Tursun 2006, s. 97.
- ↑ Tursun 2006, s. 178.
Adabiyotlar
[tahrirlash]- Xomidiy, Hamidjon; Hasaniy, Mahmud. Mashriqzamin hikmat boʻstoni (
PDF), Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997 — 251-bet. ISBN 978-9943-00-130-5. - Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet.