Ibn Kamolposhsho
Qiyofa
Ibn Kamolposhsho | |
Vikipediyadagi maqola |
Ibn Kamolposhsho (1469-yil – 1534-yil) – tarixchi, shayx ul-islom, faqih va shoir. Uning „Nigoriston“ nomli asari mavjud boʻlib, u ushbu asarini Saʼdiy Sheroziydan taʼsirlanib yozgan.
A B D E F G H I J K L M N O P Q R S T U V X Y Z Oʻ Gʻ Sh Ch Ng |
Iqtiboslar
[tahrirlash]A
[tahrirlash]- Agar kishining koʻzi kamolot nuri bilan munavvar boʻlsa, uning koʻzi kishilar nuqsonini kurishdan uzoq boʻladi[1].
- Aytadilar: „Kishining soʻzi uning fazlini bayon qiluvchi aqliga tarjimondir!“[1]
- Aytishlaricha, Bahromgoʻr bir daraxtning ostida oʻtirgan edi. Nogoh shoxlar orasidan bir qushning ovozi eshitildi. Bahrom bir oʻq bilan bemavrid „soʻzlovchi“ bu qushning ishini tamom qildi. Qushning tani mix misol shoxlarga urildi va joni esa oʻq-yoyning issiq sixi bilan tilindi. U dedi: „Qush ham, inson ham oʻz tilini saqlasa omon boʻlarkan!“[1]
B
[tahrirlash]- Behuda ochma ogʻiz gul kabi,
Behuda chalma soz bulbul kabi!
Avval oʻylab, soʻngra chiqargil nafas,
Oʻzing bas aylagin, demay turib bas![1] - Bilasanmi tiling nedur ogʻizda,
Aql xonasiga kalit doimo!
Eshik yopiq boʻlsa bilib boʻlmaydi,
Xona ichra devmi, farishtami yo![1] - Bilginki, yongʻoqning ichi puch boʻlsa, ovozi shaldirab chiqadi, pistaning ichi toʻla magʻiz boʻlgani uchun ogzini yumib, xomush turadi[1].
- Bir hakim dedi: „Hikmat xazinasi jim turishda, uning kaliti esa kamgaplikdadir!“[1]
- Bir hakimning birda shunday deganini eshitgandim: „Ogʻiz ichidagi til qin ichiga yashirilgan qilichdir“[1].
F
[tahrirlash]- Foydali soʻzlasa kishi tortmas gʻam,
Shuning-chun oʻylamay soʻzlama, ukam!
Oʻylab gapiruvchi soʻzi soir, yer,
Laqma hozirjavob soʻzidan ming bor![1]
G
[tahrirlash]- Garchi qush boʻlsin u va yoki inson,
Tilini saqlasa boʻladi omon.
Shamni koʻrgach shamdon ogʻzin bekitdi,
Chunki shamning tili boshiga yetdi.
Xoʻrozni koʻrmaysanmi, bemavridu behangom qichqirdi-yu, subhi shrmga aylandi[1].
H
[tahrirlash]- Hakimlardan biri dedi:
— Qadimiy hikmatlarda aytilishicha, inson oʻz tuzilishi xosiyati bilan hayvonlardan afzal boʻddi. Unga bir ogʻizu, ikki quloq hadya etiddi. Shuning uchun u bir marta soʻzlamogʻi va koʻp marta eshitmogʻi kerak![1] - Har kimning bolalar nogʻorasi kabi ichi boʻsh boʻlsa, uning behuda ovozi xalq miyasini, oʻzining esa halqum darvozasini qirtishlaydi. Yaxshi soʻz bebaho boylik asosi, kamgaplik esa salomatlik sarmoyasidir[1].
- Hassa zarbi uzoq turmayin ketar,
Tildan yetgan zarba bir umrga yetar![1]
I
[tahrirlash]- Insonga „Nima ish yaxshidir?“ dedi, – Xomushlik, xomushlik, yana xomushlik![2]
J
[tahrirlash]- Jahonda: „Til yugurigi boshga, qoʻl yugurigi oshga“ degan maqol yuradi. Nashtar jarohatidan til jarohati ogʻirroqdir. Nayza zaxmidan koʻp oʻtmay, badan boʻstoni gulistonga aylanib oladi va undan jonu molga zavol kamdir“[1].
- Jahonda shunday bir masal yuradi,
Aytilgan soʻz kumush, aytilmasa zar![1]
L
[tahrirlash]- Lofu yolgʻon soʻzdan qochmoq va bemaʼni daʼvodan kechmoq lozimligi haqida xayrli kishilar va ilmli donishmandlar asarlarida koʻp soʻz aytilgan.[1]
Q
[tahrirlash]- Qadimiy Yunon hakimlarining aytishlaricha, kimki beaql va yengil boʻlsa, oʻylamay soʻzlashda dadil boʻladi. Bunday kishilar soʻzning shahvor dur ekanini va uni behuda sochish odam uchun nuqson ekanini bilmaydilar. Eshitishimcha, Sunʼo eshigida quyidagi pand-u hikmat yozib qoʻyilgan ekan: „tiliyuta sukutni yer qilsang, gʻam ostida xor boʻlmaysan!“[1]
- Qancha koʻp bilsang ham oz gapir, biroq,
Bittani yuz dema, yuzni bitta qil![1]
S
[tahrirlash]- Soʻz aytsang sen faqat foydali soʻz ayt,
Bu bilan joy olgin elning dilidan.
Boʻlmasa soʻzlamay jim oʻtir, chunki,
Insonga ne kelsa kelar tilidan![1]
T
[tahrirlash]- Til tigʻini oʻtkir aylama aslo,
Oʻz boshingni kesib boʻlmasin balo.
Oʻldirmoqqa qachon xanjar qilindi,
Til shaklida uning shakli tilindi[1].
X
[tahrirlash]- Xoʻrozni koʻrmaysanmi, bemavridu behangom qichqirdi-yu subhi shomga aylandi[2].
- Xoʻroz qanot qoqib bevaqt qichqirdi,
Muruvvat oʻrniga boshi qirqildi[1].
Y
[tahrirlash]- Yaxshilarning koʻziga yomon toʻgʻri kurinur,
Yomonlarning koʻziga egri koʻringay toʻgʻri![1] - Yongʻoqlar ichida puch boʻlsa yongʻoq,
Ovozi barchadan chiqar balandroq!
Ichi toʻla pista aslo gapirmas,
Boshdan-oyoqqacha ogzi boʻlsa ham!
Bitta durdan sado chiqarar huqqa,
Ichi toʻla boʻlsa gapirmas bir dam![1]
Manbalar
[tahrirlash]- ↑ 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 1,10 1,11 1,12 1,13 1,14 1,15 1,16 1,17 1,18 1,19 1,20 1,21 1,22 Hamidjon Xomidiy; Mahmud Hasaniy. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997-yil — 251-bet.
- ↑ 2,0 2,1 Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet.