Kontent qismiga oʻtish

Ibn Sammok

Vikiiqtibosdan olingan
Ibn Sammok
Umumiy maʼlumotlar
Qardosh loyihalar

Ibn Sammok – tobein, voiz va imom. Horun ar-Rashid unga ixlos qoʻygan.

Iqtiboslar

[tahrirlash]
  • Allohni eslatuvchi qancha-qancha kishilar bor, lekin oʻzlari Allohni unutgan. Allohdan qoʻrqituvchi qancha-qancha kishilar bor, lekin oʻzlari Allohga gunoh qilishga jur’atli. Allohga yaqinlashtiruvchi qanchadan-qancha kishilar bor, lekin oʻzlari Allohdan uzoq. Alloh yoʻliga chaqiruvchi qancha-qancha kishilar bor, lekin oʻzlari Allohdan qochuvchi. Allohning oyatlarini oʻqiydigan qancha-qancha kishilar bor, lekin oʻzlari Allohning oyatidan tashqaridadirlar[1].
  • Aqlli, odobli, diyonatli odam bilan doʻst tutinish kerak. Bunday goʻzal sifatlarga ega odam samimiy doʻst boʻladi. Samimiy doʻst hech vaqt seni unutmaydi, sendan yordamini ayamaydi, hojatingni ado etadi[2].
  • Orzu-havas qalbda bir ipdir, bir uchi oyogʻingga bogʻlangan. Qalbingdagi orzu-havasni chiqargin, oyogʻingdagi bogʻ yechilsin[2][3].

Manbalar

[tahrirlash]
  1. Tursun 2006, s. 51.
  2. 2,0 2,1 Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet. 
  3. Tursun 2006, s. 78.

Adabiyotlar

[tahrirlash]
  • Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet.