Erkinlik, ozodlik, hurlik — kishining oʻz istagi boʻyicha ish tutishi. Erkinlik tushunchasi huquqshunoslik, siyosatshunoslik, etika, estetika kabi ijtimoiy bilim sohalarida keng ishlatiladi. Masalan, vijdon erkinligi, soʻz erkinligi, matbuot erkinligi va hokazo.
Azizim, burgutga shohlar qoʻlidan joy tayin etilganining boisi shulki, u oʻzini boyoʻgʻli kabi uy ichiga olib oʻtirmaydi. Boyoʻgʻlining devorlar orasida qolib ketganining boisi esa xarobalardan umid uzib chiqa olmasligidir. Bayt: Burgut kabi javlon urib sayr qil, Boyoʻgʻlidek tokay joying vayrona?![1]
Inson erkinligi zamonaviy dunyo krossvord yechayotgan odamning erkinligiga oʻxshaydi: nazariy jihatdan u har qanday soʻzni kiritishi mumkin, lekin aslida u krossvord yechish uchun faqat bittasini kiritishi kerak.