Anbar otin Farmonqul qizi
Qiyofa
| Anbar otin Farmonqul qizi | |
|---|---|
| Umumiy maʼlumotlar | |
| Tavalludi |
1870 Qoʻqon |
| Vafoti | 1915 |
| Qardosh loyihalar | |
Anbar otin Farmonqul qizi (1870-yil – Qoʻqon – 1906-yil) – oʻzbek shoirasi. Otasi Uvaysiyning jiyani.
| A B D E F G H I J K L M N O P Q R S T U V X Y Z Oʻ Gʻ Sh Ch Ng |
A
[tahrirlash]D
[tahrirlash]- Dunyoni bilmakka idroking garov,
Zehn quymoqqa dili poking garov.
Yaxshi ish qilmoq uchun yoʻqsa oʻquv,
Sanga lozimdur oʻquv birlan oʻquv[3].
F
[tahrirlash]H
[tahrirlash]- Har kimki oʻzin oʻyladi, eldin xabari yoʻq,
Ul ablahi bedin ila savdo qila koʻrma[3].
J
[tahrirlash]- Jahongir qoʻshinlarga qoʻysa otash,
Aning boshigʻa boʻlgʻusi balokash[3]. - Jahon ravshan ziyoyi ilmdandur,
Koʻngil sofi safoyi ilmdandur[3].
K
[tahrirlash]- Kasb etar ohista-ohista kishi fazl-u hunar,
Bogʻaro bulbul bolasi xushnavo kam-kam boʻlur.
Murgʻi vahshini qilolmas hech kim yakbora rom,
Donayu domini qurding, mubtalo kam-kam boʻlur[3]. - Kimekim mard erur insof lozim,
Bilurgʻa soʻz durin sarrof lozim[3]. - Kimki el gʻamidadur suxansanj,
Aning har soʻzi dunyoda ulugʻ ganj[3]. - Kimki maʼrifatni etsa eʼzoz,
Ani irfon etar, albatta, mumtoz[3].
M
[tahrirlash]O
[tahrirlash]- Odamda boʻlsa gar yaxshi tilak,
Xalq uchun tebratgusi doim bilak[1][4]. - Odam ersang maʼni bil dona-dona,
Vatan erur senga ikkinchi ona.
Soʻzlamasdin oldin soʻzingni sina,
Har bir soʻzdir umring ichinda sina[3]. - Odami aql-u nazokatda suluv,
Boʻlsa axloqi sadoqatda suluv[3].
Q
[tahrirlash]- Qoshki, kulbam aro yakbora yorim kelsalar,
Yoʻllarigʻa jon nisor aylay nigorim kelsalar[3].
T
[tahrirlash]U
[tahrirlash]- Ulgʻayursan, sanda bor boʻlsa adab,
Ulgʻayursan, sanga yer ulsa adab,
Odam ersang, tashqi surata berma zeb,
Ona yurtingni hamisha ayla zeb[3].
X
[tahrirlash]- Xirad eligʻa kuksin tutdi qogʻoz,
Ham irfon ishqida qon yutdi qogʻoz[3].
Y
[tahrirlash]- Yaxshi odamlar ishidan ibrat ol,
Ibratomuz xizmat aylab, izzat ol[3].
Z
[tahrirlash]- Zulm boʻlgon oʻlkada qolmaydi fayz,
Tonggacha kun nuridin olmaydi fayz[3].
Oʻ
[tahrirlash]- Oʻz gunohingni soʻrab eldin oʻtin,
Nafrat uti ichra boʻlmasdin oʻtin[3].
Gʻ
[tahrirlash]Ch
[tahrirlash]- Chun qadam quyding bu yoʻlgʻa boʻlma bematlab vale,
Faxri zillat boʻl, talashma gʻurbati mansab vale[3].
Manbalar
[tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet.
- ↑ Tursun 2006, s. 137.
- ↑ 3,00 3,01 3,02 3,03 3,04 3,05 3,06 3,07 3,08 3,09 3,10 3,11 3,12 3,13 3,14 3,15 3,16 3,17 3,18 3,19 3,20 Hamidjon Xomidiy; Mahmud Hasaniy. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997-yil — 251-bet.
- ↑ Tursun 2006, s. 136.
Adabiyotlar
[tahrirlash]- Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet.