Kontent qismiga oʻtish

Jaloliddin Davoniy

Vikiiqtibosdan olingan
(Davoniy Jaloliddindan yoʻnaltirildi)
Davoniy Jaloliddin

Umumiy maʼlumotlar
Tavalludi 1426 va 1427
Davan va Kazerun
Vafoti 12-oktyabr 1502 va 1512
Davan va Sheroz
Qardosh loyihalar

Jaloliddin Davoniy (toʻliq ismi Jaloliddin Muhammad ibn Asad as-Siddiqiy ad-Davoniy; 1427-yil – 1502-yil) – sharq olimi va faylasufi.

Iqtiboslar

[tahrirlash]
  • Adolat butun kamolot majmui boʻlsa, yomonlik uning aksi, yaʼni butun kamchiliklar majmuidir[1][2].
  • Agar arz soʻraguvchilardan boʻlmoqni xohlasang, qoʻling ostidagilarni aziz tutgin[1][4].
  • Agar buzruk va donolardan boʻlmoqni xohlasang, oʻz suratingni boshqalar oynasida koʻrgin[1][5].
  • Agar xafalikdan uzoq yurmoqni xohlasang, qoʻlingdan nochor chiqib ketgan har narsaga gʻam yemagin[1][7].
  • Bola qalbi misoli begʻubor taxta, unga har qanday tasvirni osongina chizaverish mumkin[1][8].
  • Hokimiyat jilovi odil podshoh qoʻlida boʻlsa, hamma adolatli boʻlishga va yaxshi xislatlarni egallashga intiladi. Aksincha boʻlsa, xalq yolgʻonchilik va boshqa yaramas hatti-harakatlarga moyillik koʻrsatadi[1][9].

Manbalar

[tahrirlash]
  1. ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 1,6 1,7 Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet. 
  2. ↑ Tursun 2006, s. 110.
  3. ↑ Tursun 2006, s. 12.
  4. ↑ Tursun 2006, s. 112.
  5. ↑ Tursun 2006, s. 138.
  6. ↑ Tursun 2006, s. 173.
  7. ↑ Tursun 2006, s. 54.
  8. ↑ Tursun 2006, s. 177.
  9. ↑ Tursun 2006, s. 105.

Adabiyotlar

[tahrirlash]
  • Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet.