Jaloliddin Davoniy
Qiyofa
| Davoniy Jaloliddin | |
|---|---|
|
| |
| Umumiy maʼlumotlar | |
| Tavalludi |
1426 Davan |
| Vafoti |
12-oktyabr 1502 Davan |
| Qardosh loyihalar | |
Jaloliddin Davoniy (toʻliq ismi Jaloliddin Muhammad ibn Asad as-Siddiqiy ad-Davoniy; 1427-yil – 1502-yil) – sharq olimi va faylasufi.
Iqtiboslar
[tahrirlash]- Adolat butun kamolot majmui boʻlsa, yomonlik uning aksi, yaʼni butun kamchiliklar majmuidir[1][2].
- Aflotundan soʻradilar: „Oʻqish-oʻrganish tokaygacha izzat va hurmatda boʻlgʻusi?“ U javob qildi: „Johillik nuqson, deb hisoblangunga qadar“[1][3].
- Agar arz soʻraguvchilardan boʻlmoqni xohlasang, qoʻling ostidagilarni aziz tutgin[1][4].
- Agar buzruk va donolardan boʻlmoqni xohlasang, oʻz suratingni boshqalar oynasida koʻrgin[1][5].
- Agar sirlaringni dushman bilmasligini xohlasang, uni doʻstingga aytmagin[1].
- Agar xafalikdan uzoq yurmoqni xohlasang, qoʻlingdan nochor chiqib ketgan har narsaga gʻam yemagin[1][6].
- Bola qalbi misoli begʻubor taxta, unga har qanday tasvirni osongina chizaverish mumkin[1].
- Hokimiyat jilovi odil podshoh qoʻlida boʻlsa, hamma adolatli boʻlishga va yaxshi xislatlarni egallashga intiladi. Aksincha boʻlsa, xalq yolgʻonchilik va boshqa yaramas hatti-harakatlarga moyillik koʻrsatadi[1][7].
Manbalar
[tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 1,6 1,7 Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet.
- ↑ Tursun 2006, s. 110.
- ↑ Tursun 2006, s. 12.
- ↑ Tursun 2006, s. 112.
- ↑ Tursun 2006, s. 138.
- ↑ Tursun 2006, s. 54.
- ↑ Tursun 2006, s. 105.
Adabiyotlar
[tahrirlash]- Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet.