Kontent qismiga oʻtish

Kafansiz koʻmilganlar

Vikiiqtibosdan olingan
Kafansiz koʻmilganlar
Qardosh loyihalar

Kafansiz koʻmilganlar — Sibirga badargʻa etilgan, qatagʻonlik davrining ikkinchi toʻlqini jabrini chekkan, shoʻro hukumati lagerlarida ogʻir azob-uqubatlarni oʻz boshidan kechirgan oʻzbek yozuvchisi Shukrullo tomonidan yozilgan va 1991-yilda nashrdan chiqqan tarixiy avtobiografik roman.

Iqtiboslar

[tahrirlash]
  • Dindor odam yomon-u dindan qaytgan yaxshi, hukumatga sadoqatli boʻladimi? Axir eʼtiqodsizlikdan koʻra nimagadir ishonib, eʼtiqod qoʻyib yashash afzalroq-ku. Lev Tolstoy xudojoʻy boʻlgan, dindor boʻlgan, uni zararli odam deb boʻladimi?
  • Qassobdan chiqqan jalloddan olimdan chiqqan jallod xatarli. Chunki qassobdan chiqqan jallod ilmsiz, omi, u dovdir-sovdir ish qilishi mumkin. Ammo olimdan chiqqan jallodning qoʻlidan qutilish qiyin. Negaki, u aql bilan ish qiladi va oʻzining haqligiga uncha-muncha odamlarni ishontira oladi.
  • Oʻgʻrilik, bezorilikning dunyo boʻyicha bizlardan bunchalik koʻpligiga sabab balki dinning yoʻq qilingani yoki Xudodan qoʻrqmay, bandadan uyalmasligimi?
  • Mening dunyoyim bu — toʻrt tomoni tikonli sim bilan oʻralgan devor, uvada kiyim, yemishim arpa-yu soʻk. Xayolimda birdan bir narsa xotin, bolalarim, erkinlik. Ammo ozodlikda yeb-ichib, toʻy-u tomoshalarda bezanib yurganlarning oʻy-xayollari-chi!.. Xonanda-yu sozandalarning dilni qitiqlovchi kuylari yangraganda noz-u neʼmatlarga toʻla dasturxon atrofida oʻtirib, raqslarga tort-tort boʻlib, qiyqiriq avjga chiqqanda, nahot bizlarni birov esga olsa!

Manbalar

[tahrirlash]