Kontent qismiga oʻtish

Mansur bin Ammor

Vikiiqtibosdan olingan
Mansur bin Ammor
Vikipediyadagi maqola

Mansur bin Ammor – „Nasoyim ul-muhabbat“da tilga olingan tasavvuf shayxi. Kunyasi – Abussariy.

Iqtiboslar

[tahrirlash]
  • Kim aqli bilan cheklansa, adashadi. Kim odamlarga kibr qilsa, xor boʻladi. Kim amalga berilsa, qiyinchilikka duchor boʻladi. Kim odamlar ustidan faxrlansa, sinadi. Kim ahmoqlik qilsa, haqoratlanadi. Kim razillar bilan suhbatdosh boʻlsa, tubanlashadi. Kim ulamolar bilan oʻtirsa, viqorli boʻladi. Kim yomonlik koʻchasiga kirsa, tuhmatga yoʻliqadi. Kim dinda dangasalik qilsa, oʻtirib qoladi[1].
  • Kim birovning parda-hijobini oyoq osti qilsa, oʻzining avrati ochiladi[1].
  • Kim oʻzining aybini bilsa, boshqa kishining aybi bilan ishi boʻlmay qoladi. Kim taqvo libosidan yalangʻoch boʻlsa, unga hech kim parda tutolmaydi. Kim Allohning bergan rizqiga rozi boʻlsa, boshqalarning qoʻlidagi narsaga xafa boʻlmaydi. Kim zulm qilichini sugʻursa, shu qilich bilan qoʻli kesiladi. Kim birodariga choh qazisa, unga oʻzi tushadi. Kim birovning parda-hijobini oyoqosti qilsa, oʻzining avrati ochiladi. Kim oʻz xatosini unutsa, boshqaning xatosini katta biladi. Kim katta ishlarga kirishsa va oʻziga xatarli yoʻl topsa, halok boʻladi[1].

Manbalar

[tahrirlash]
  1. 1,0 1,1 1,2 Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet.