Kontent qismiga oʻtish

Mustafo Mahmud

Vikiiqtibosdan olingan
Mustafo Mahmud

Umumiy maʼlumotlar
Tavalludi 27-dekabr 1921
Mit Khaqan
Vafoti 31-oktyabr 2009
Giza
Qardosh loyihalar

Mustafo Kamol Mahmud Husayn (arabcha: مصطفى كمال محمود حسين‎; Mustafo Mahmud (arabcha: مصطفى محمود‎) nomi bilan tanilgan; 1921-yil 27-dekabr, Misr — 2009-yil 31-oktyabr, Giza, Misr) — misrlik shifokor, faylasuf va yozuvchi.

Iqtiboslar

[tahrirlash]
  • Allohdan qoʻrqishshijoatdir. Unga ibodat qilish hurriyatdir. Unga xorlik izhor etish karomatdir. Uning maʼrifati kuchli ishonchdir[1].

Bizga darveshning xirqasini kiydirib, bu din, deyishdi. Buzuqlikka gʻarq etib, bu sanʼat, deyishdi. Dinsizlikni oʻrgatib, ilm mana shu, deyishdi. Tabaqalar kurashi bilan boʻlib tashlab, bu ijtimoiy adolat, deyishdi

„Shayton uyimizda yashaydi“ kitobidan[2]
  • Gapirish oson. Orzu-umid qilish gapirishdan ham oson. Xomhayolni hamma ham qilaveradi, lekin azmu shijoatli kishilargina muvaffaqiyatga erishadi[1].

His-tuygʻuga asir boʻlish qoloqlikdir, taraqqiyot emas! Taraqqiyot — his-tuygʻularimiz aqlimizga boʻysunishi va aqlimiz esa irodamizga taslim boʻlishidir. Irodamiz esa ideallarimizga ergashishidir

„Musofir hikoyalari“ kitobidan[2]
  • Moddiy narsalar maʼnaviy narsalardan muhim boʻlganida, jasad yerga koʻmilib, ruh osmonga koʻtarilmagan boʻlur edi[1].
  • Xato sodir boʻlgan zahoti nadomat chekish sof tabiatning ovozidir[1].

Manbalar

[tahrirlash]
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 Anvar Ahmad. Saodatga yetaklovchi hikmatlar, (birinchi kitob), Toshkent: “Sano-standart” nashriyoti, 2018 — 320-bet. 
  2. 2,0 2,1 Mubashshir Ahmad. Olim, odam va olam. Toshkent: „Qaqnus Media“ nashriyoti, 2019 — 224-bet.