Sahl ibn Abdulloh Tustariy
Qiyofa
| Sahl ibn Abdulloh Tustariy | |
|---|---|
| Umumiy maʼlumotlar | |
| Tavalludi |
818 Shushtar |
| Vafoti |
896 Basra |
| Qardosh loyihalar | |
Sahl ibn Abdulloh Tustariy (818-yil – 896-yil; hijriy 203-yil – 283-yil) – sunniy musulmon olim, soʻfiy.
Iqtiboslar
[tahrirlash]- Allohdan oʻzga qodir yoʻq, Rasulullohdan oʻzga dalil yoʻq, taqvodan oʻzga oziqa yoʻq, sabrdan oʻzga amal yoʻq[1].
- Alloh sevgisining alomati Qurʼon sevgisidir. Qurʼon sevgisining alomati Paygʻambar sevgisidir. Paygʻambar sevgisining alomati uning sunnatiga va goʻzal axloqiga tobe boʻlmoqdir. Sunnatga tobe boʻlishlikning alomati oxirat hayotini unutmaslikdir. Oxirat hayotini unutmaslikning alomati dunyoga hirs qoʻyishdan, harom va gʻayrimashruʼ daromad yigʻishdan qochishlikdir[2][3].
- Ilmning hammasi dunyodir. Oxirat esa unga amal qilishdir. Ixlos bilan qilinganidan boshqa hamma amal behudadir[2][4].
- Ilmning shukri amaldadir, amalning shukri ziyoda boʻlishligidir[5].
- Ixlosni aqlli kishilar harakat, sukut, botinu zohir faqat Alloh uchun boʻlib, havoyi nafs ham, dunyo ham aralashmasligi kerak, deb tushunishgan[2][6].
- Najot uch narsada – halol yeyish, farzlarni ado etish va Paygʻambar alayhissalomga ergashishdadir[2][7].
- Odamlar uyqudalar, uygʻonganlarida nadomat chekadilar, ammo nadomatlari ularga foyda bermaydi[8].
- Odamni ikki ish halok qiladi: biri — xalq orasida izzatli boʻlishga intilmoq, ikkinchisi — kambagʻallikdan qoʻrqmoq. Har kishining koʻngli shikasta boʻlsa, shayton uning yaqiniga yoʻlamaydi[9].
- Soʻfiy qalbi Alloh taolo zikri bilan toʻlgan, qadarni safo holiga keltirgan, oltin va tuproqni teng koʻrgan zotdir[2][10].
- Oʻzini yoki birovni aldagan kishi rostgoʻylikning hidini ham hidlamaydi[2][11].
Manbalar
[tahrirlash]- ↑ Tursun 2006, s. 57.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet.
- ↑ Tursun 2006, s. 49.
- ↑ Tursun 2006, s. 6.
- ↑ Tursun 2006, s. 21.
- ↑ Tursun 2006, s. 51.
- ↑ Tursun 2006, s. 27.
- ↑ Tursun 2006, s. 121.
- ↑ Tursun 2006, s. 157.
- ↑ Tursun 2006, s. 28.
- ↑ Tursun 2006, s. 147.
Adabiyotlar
[tahrirlash]- Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet.