Junayd Bagʻdodiy
Qiyofa
| Junayd Bagʻdodiy | |
|---|---|
| Umumiy maʼlumotlar | |
| Tavalludi |
830 Bagʻdod |
| Vafoti |
910 Bagʻdod |
| Qardosh loyihalar | |
Junayd Bagʻdodiy – Junayd butun umri davomida Bagʻdodda dars bergan va soʻfiylik taʼlimotining rivojlanishida muhim shaxs boʻlgan. Soʻfiy ilohiyotida uning ahamiyati katta boʻlganligi sababli Junayd koʻpincha „Sulton“ deb atalgan.
Iqtiboslar
[tahrirlash]- Allohning lutfi boʻlmasdan bir kimsa unga yetisholmaydi. Allohga yetishishning yoʻli Uning rasuli hazrati Muhammadga (s.a.v.) tobe boʻlishdir[1][2].
- Alloh yomonlikni koʻzlagan kishiga muhabbatni harom qildi[1][3].
- Majlislarning eng sharaflisi va eng oliysi tavhid sohasida tafakkur qilib oʻtirmoq, maʼrifat shamoli bilan yelpinmoq, muhabbat kosasida doʻstlik daryosidan suv ichmoq va Allohga husni zan (yaxshi xayol bilan) nazar aylamoqdir[1][4].
- Yolgʻon soʻzlash, ezmalik, takabburlik, chaqimchilik kishining obroʻsini yoʻqotadi. Vafodorlik, sabr qilishlik, shoshma-shosharlikdan parhez qilish va tavozeʼ obroʻsini koʻtaradi[1][5].
- Yolgʻonchilik, ezmalik, takabburlik, chaqimchilik izzat-obroʻni barbod qiladi[6].
Manbalar
[tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet.
- ↑ Tursun 2006, s. 51.
- ↑ Tursun 2006, s. 29.
- ↑ Tursun 2006, s. 65.
- ↑ Tursun 2006, s. 124.
- ↑ Tursun 2006, s. 156.
Adabiyotlar
[tahrirlash]- Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet.