Kontent qismiga oʻtish

Muhammad Kamol Pilav

Vikiiqtibosdan olingan
Muhammad Kamol Pilav

Muhammad Kamol Pilav – turkiyalik mutafakkir olim.

Iqtiboslar

[tahrirlash]
  • Asal yegan ogʻiz ham, quruq non yegan ogʻiz ham oxir-oqibat tuproqqa toʻladi. Faqat haq soʻzni aytib yurgan ogʻizgina chirimaydi. Haq nazdida eng qiymatli ogʻiz shudir[1].
  • Axloqning asosi iymonga bogʻliqdir. Iymonsizning axloqi boʻlmaydi[1].
  • Dunyo gʻami oʻtkinchidir. Abadiy qoladi, deb siqilma[1].
  • Jaholatni ilm bilan yoʻq qilishga harakat eting. Har bir ishni ilm bilan hal qilinglar[1].
  • Johilning bilaman, deyishi – koʻrning koʻraman deyishiga oʻxshaydi[1].
  • Orifga ehtiyoj shifokor tabibning zaruratiga oʻxshaydi. Oriflar maʼnaviy xastalikni, tabiblar moddiy xastalikni muolaja etadilar[1].
  • Tavhid ilmini bilmagan bu dunyoga kelish va ketish mohiyatini tushunmabdi[1].

Manbalar

[tahrirlash]
  1. 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 1,10 1,11 1,12 1,13 1,14 1,15 1,16 1,17 1,18 1,19 1,20 1,21 Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet.