Kontent qismiga oʻtish

Muhammad Nurulloh Saydo Jazariy

Vikiiqtibosdan olingan
Muhammad Nurulloh Saydo Jazariy
Umumiy maʼlumotlar
Qardosh loyihalar

Muhammad Nurulloh Saydo Jazariy (turkcha: Muhammed Nurullah El Cezeri; 1953-yil – 1987-yil) – turkiyalik Naqshbandiya tariqati ustozlaridan.

Alifbo tartibi boʻyicha:
A · B · D · E · F · G · H · I · J · K · L · M · N · O · P · Q · R · S · T · U · V · X · Y · Z · · · Sh · Ch · ng · Yana qarang · Havolalar

Iqtiboslar

[tahrirlash]
  • Bilib qoʻyki, sen oʻz dunyongda amaling urugʻlarini ekmoqdasan. Dunyong – sening dalang. Oʻlim oni – yigʻim-terim zamoning, oxirat esa xirmoningdir. Nima ekkan boʻlsang, oʻsha narsani yigʻib-terib olasan, xolos[1][2].
  • Binoni meʼmorsiz, amrni amr qiluvchisiz, tadbirni chora-tadbir oluvchisiz, dasturni tuzuvchisiz, mahkamani hokimsiz, sanʼatni sanʼatkorsiz, ishni bajaruvchisiz tasavvur qilish mumkin boʻlmaganidek, aqllarni hayratlantirgan bu koinot ham oʻz Yaratuvchisiga egadir[1][3].
  • Dunyoning ichiga kir, sayr qil, ammo ehtiyot boʻl – dunyo sening ichingga kirmasin![1][4]
  • Ey voh! Eng shafqatsiz zarba oʻzimga oʻzimdan kelganini his etdim. Lekin juda kech[1][5].
  • Haqiqatan insonning yaratilishidagi asl gʻoya uning oʻz Yaratuvchisiga chiroyli bandalik qilmogʻidir[1][6].
  • Haromga qarashlik orzusi ruhni qoraytiradi. Qop-qora, sim-siyoh boʻlib balchiqqa bulgʻangan ruhdan qalbga faqat zahar tomchilaydi[1][7].
  • Inson nafsi yomon sifatlarga ega boʻlsa, undan qutulmagunicha his olamidagi maʼnolarni, moddaning ortidagi aql va xayol chegaralarini mushohadaqilolmaydi[1][8].
  • Islom dinining jaholatdan kattaroq va qoʻrqinchliroq dushmani yoʻqdir[1][9].
  • Kuchlining nayzasi kuchsiz otgan nayzaga nisbatan koʻproq nishonga tegishi mumkin boʻlganidek, manmanlik va riyo shubhasidan xoli soʻzlar ham qalblarga koʻproq taʼsir qiladi[1][10].
  • Koʻz haromga qaraganida vijdonni, qalbni gʻam-alamlar, buzuq zaharli fikrlar, xaroblik va razolat qoplaydi. Shahvoniy kuchlar harakatga kelgudek boʻlsa, odam oʻzi bilmagan va sezmagan holda halokatga, razolatga va buzuq oʻy-fikrlar girdobiga tushib qoladi[1][11].
  • Koʻzni ayollarga tikishdan, ularning suratlarini tomosha qilishdan tiymoq kerak. Aqlning soʻnishiga, hayo pardasining yirtilishiga va eng muhimi, ibodatning „mazasi“ yoʻqolishiga asosiy sabab ana shudir[1][12].
  • Qalb gʻaybga va maʼnaviy olamga, aql esa zohirga va moddiy olamga ochilgan darchadir. U holda birinchini ikkinchi bilan izlash – ahmoqlik, ikkinchini birinchi bilan izlash esa gʻaflat va nodonlikdir[1][13].
  • Quyosh oʻsimliklarni harakatga keltirganidek, zikr ham ruhiy unsurlarni harakatga keltiradi[1][14].
  • Gʻaflatda qolgan iymon oʻz egasiga hech bir kuch va ozuqa bera olmaydi. U bir xayol sifatida kelib ketgan tushdagi ovqatga oʻxshaydi. Demak, gʻaflat uyqusidan uygʻonmoq lozim[1][15].

Manbalar

[tahrirlash]
  1. 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 1,10 1,11 1,12 1,13 Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet. 
  2. Tursun 2006, s. 80.
  3. Tursun 2006, s. 79.
  4. Tursun 2006, s. 70.
  5. Tursun 2006, s. 117.
  6. Tursun 2006, s. 23.
  7. Tursun 2006, s. 163.
  8. Tursun 2006, s. 92.
  9. Tursun 2006, s. 19.
  10. Tursun 2006, s. 149.
  11. Tursun 2006, s. 162.
  12. Tursun 2006, s. 160.
  13. Tursun 2006, s. 36.
  14. Tursun 2006, s. 54.
  15. Tursun 2006, s. 35.

Adabiyotlar

[tahrirlash]
  • Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet.