Usmon ibn Affon
Qiyofa
| Usmon ibn Affon | |
|---|---|
|
| |
| Umumiy maʼlumotlar | |
| Tavalludi |
574 va 575 Makka |
| Vafoti |
17-iyun 656 Madina |
| Qardosh loyihalar | |
Usmon bin Affon (arabcha: عثمان بن عفان) – 4 xalifaning uchinchisi, jannat xushxabari berilgan Muhammad paygʻambarning sahobalaridan biri.
Iqtiboslar
[tahrirlash]- Dunyoda ekinlar ekib-oʻrgan, baland koshonalar qurgan, uzoq vaqt zavq-u safo surgan dunyoning oʻgʻillari, doʻstlari bugun qayerda? Dunyo ularni yutib yubormadimi? Jalil Alloh dunyoga naqadar ahamiyat bermaganidek, siz ham unga shunday berilmang. Oxirat uchun harakat qiling[1][2].
- Qullik – amal etish, amal bilan hukmlarni muhofaza qilish, vaʼdaga vafo, boriga rizo, yoʻgʻiga sabrdir[1][3].
- Sizdan avval oʻtgan kimsalarning holidan ibrat oling. Soʻng saʼy-harakat qiling va gʻaflatda qolmang. Zero, siz gʻaflatga tushib qolsangiz hamki, ishlaringizni hisob-kitob qilishda sira gʻaflatga tushilmaydi[1][4].
- Siz oʻtkinchi bir hayot uyidasiz va umringizning qolgan qismi ham oʻtishini kutmoqdasiz... Unutmangki, bu dunyo yolgʻon va aldov ustiga bino boʻlgan[1][2].
Manbalar
[tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet.
- ↑ 2,0 2,1 Tursun 2006, s. 81.
- ↑ Tursun 2006, s. 93.
- ↑ Tursun 2006, s. 119.
Adabiyotlar
[tahrirlash]- Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet.