Kontent qismiga oʻtish

Xusrav Dehlaviy

Vikiiqtibosdan olingan
Xusrav Dehlaviy

Umumiy maʼlumotlar
Tavalludi 1253
Patiyali
Vafoti 27-sentyabr 1325
Dehli
Qardosh loyihalar

Xusrav Dehlaviy (toʻliq ismi Yaminiddin Abdulhasan) (1253-yil, Patyoli – 1325-yil 27-sentyabr, Dehli) – hind shoiri, adabiyotshunosi va bastakori.

Alifbo tartibi boʻyicha:
A · B · D · E · F · G · H · I · J · K · L · M · N · O · P · Q · R · S · T · U · V · X · Y · Z · · · Sh · Ch · ng · Yana qarang · Havolalar

  • Bil, oyoq ostingda yurgan chumoli,
    Bir donga garovdir yuz joni-holi[1][5].
  • Bu eski olamda aylagʻil bunyod —
    Bir narsaki, xalqing etsin seni yod[1][6].
  • Bu charxga etdilar juda koʻp nazar,
    Ip uchi hech kimga boʻlmay muyassar[1][7].
  • Daraxt oʻrniga gar eksang tikan,
    Shunday tikan ekki, gul bersa ekan[1][8].
  • Dema: mingni jangda qirib tashlayin,
    Qani, bittaga jon beru mard deyin[1][9].
  • Doʻstlaring koʻpayar farovonlikda,
    Ularni sinab koʻr notavonlikda[1][10].
  • Gul atri mushknikidan ortiqroqdir,
    Qurib qolsa xashakdan farqi yoʻqdir[1][11].
  • Goʻshtni kesar tigʻ koʻp olamda, bilgʻil,
    Lek goʻshtdan boʻlgan tigʻ — bir zahri qotil[1][12].
  • Hech kim koʻtarilib boʻlolmas rahbar,
    Agar u boʻlmasa raiyatparvar[1][13].
  • Istasang dunyoda baxt-u saodat,
    Aylagil qardoshlar diydorin odat[1].
  • Karga aytmoq boʻlsang siringni toza,
    Avval boshqalarga boʻlur ovoza[1][14].
  • Kim ari nishiga qilolmas toqat,
    Asalni koʻradi uzoqdan faqat[1].
  • Kishi farosatda qancha nogiron,
    Aybini oqlashda shuncha bilagʻon[1][15].
  • Mumkinmi chivinni qilichda chopmoq,
    Sher nechuk pashshaga urgay shapaloq?![1][16]
  • Olamda kun yoʻqki bilmasa zavol,
    Abadiy qolmaydi bu husnu jamol[1][7].
  • Ochlikda qolmasa chidam va toqat,
    Baʼzan arpa non ham koʻrinar novvot[1][17].
  • Pinhon tutsang yoʻqolur,
    Bersang oʻzingda qolur[1][18].
  • Tok sharob beradi gʻoʻradan keyin,
    Buta gul ochadi gʻunchadan keyin[1][21].
  • Yuz yil tegirmon charx aylanganda ham,
    Daryodan boʻlurmi bir qatra suv kam?![1][23].
  • Oʻtib ketgan yilingdan top-chi bir kun,
    Bugun qaytib kelurmu kechagi kun?![1][23]
  • Chin olim hiyladin uzoqdir, uzoq,
    Nurning oʻz soyasi boʻlmaydi hech choq[1][24].
  • Chumolini choʻqib qirar qirgʻovul,
    Oxir qarchigʻaydan oʻz holi mushkul[1][25].

Manbalar

[tahrirlash]
  1. 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 1,10 1,11 1,12 1,13 1,14 1,15 1,16 1,17 1,18 1,19 1,20 1,21 1,22 1,23 1,24 1,25 1,26 1,27 1,28 Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet. 
  2. Tursun 2006, s. 144.
  3. Tursun 2006, s. 22.
  4. Tursun 2006, s. 119.
  5. Tursun 2006, s. 84.
  6. Tursun 2006, s. 134.
  7. 7,0 7,1 Tursun 2006, s. 116.
  8. Tursun 2006, s. 104.
  9. Tursun 2006, s. 109.
  10. Tursun 2006, s. 169.
  11. Tursun 2006, s. 99.
  12. 12,0 12,1 Tursun 2006, s. 146.
  13. Tursun 2006, s. 106.
  14. Tursun 2006, s. 147.
  15. Tursun 2006, s. 62.
  16. Tursun 2006, s. 111.
  17. Tursun 2006, s. 85.
  18. Tursun 2006, s. 98.
  19. Tursun 2006, s. 131.
  20. Tursun 2006, s. 96.
  21. Tursun 2006, s. 86.
  22. Tursun 2006, s. 103.
  23. 23,0 23,1 Tursun 2006, s. 117.
  24. Tursun 2006, s. 58.
  25. Tursun 2006, s. 107.

Adabiyotlar

[tahrirlash]
  • Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet.