Abul Hasan Haraqoniy
Qiyofa
| Abul Hasan Haraqoniy | |
|---|---|
|
| |
| Umumiy maʼlumotlar | |
| Tavalludi |
963 Qaleh Now-e Kharaqan va Abbosiylar |
| Vafoti |
5-dekabr 1033 Qaleh Now-e Kharaqan va Semnan Province |
| Qardosh loyihalar | |
Abul Hasan Haraqoniy (yoki Qalqonota, Qalqon ota; 937-yil, Rum – 1033-yil) – islom dini arbobi, shayx. Xalq orasida avliyo sifatida tanilgan.
Iqtiboslar
[tahrirlash]- Alloh taolo bandasiga toza yurak va rostgoʻy tildan uluroq bir narsa ehson etmagandir[1][2].
- Alloh taolo uchun qilingan har ish ixlosdir, xalq uchun qilingan har nima riyodir[1][3].
- Eng yaxshi narsa Alloh taoloni unutmagan koʻngildir[1][4].
- Ikki kishi chiqargan fitnani hatto shayton ham chiqara olmaydi: dunyo hirsiga berilgan olim va ilmsiz soʻfiy[1][5].
- Neʼmatlarning eng yaxshisi – harakat qilib erishilgani. Doʻstlarning eng yaxshisi – Alloh taoloni eslatgani. Qalblarning eng nurlisi – ichida mol-dunyo sevgisi boʻlmagani[1][6].
- Senki dunyoga tolibdursan, dunyo sening sultoningdir, halok boʻlmogʻing uning qoʻlidadir. Vaqtiki dunyodan yuz oʻgirsang, dunyoning sultoni boʻlursan[1][7].
- Umrimga qarab yetmish uch yillik ibodatlarimning hammasini bir saotlik qisqa koʻrdim, gunohlarimga boqib Nuh alayhissalomning umriday uzun koʻrdim[1][8].
- Yoʻl ikkidir: biri – hidoyat, ikkinchisi – zalolat, buzuqlik. Bandadan Alloh taologa ketgan yoʻl – zalolat yoʻlidir. Alloh taolodan bandaga kelgan yoʻl – hidoyatdir. Endi kim hidoyatga erishdim desa, oʻsha hidoyatga erishmagandir. Kim meni hidoyatga erishtirdilar desa, oʻsha hidoyatga erishgandir[1][9].
Manbalar
[tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 1,6 1,7 Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet.
- ↑ Tursun 2006, s. 148.
- ↑ Tursun 2006, s. 24.
- ↑ Tursun 2006, s. 23.
- ↑ Tursun 2006, s. 11.
- ↑ Tursun 2006, s. 76.
- ↑ Tursun 2006, s. 79.
- ↑ Tursun 2006, s. 32.
- ↑ Tursun 2006, s. 29.
Adabiyotlar
[tahrirlash]- Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet.