Sufyon Savriy
Qiyofa
Sufyon Savriy | |
---|---|
![]() | |
![]() |
Sufyon Savriy (arabcha: سُفْيَان ٱلثَّوْرِيّ; 716-yil – 777/778-yil) – sunniy musulmon olimi, faqih, zohid, muhaddis va tasavvuf shayxi.
A B D E F G H I J K L M N O P Q R S T U V X Y Z Oʻ Gʻ Sh Ch Ng |
A
[tahrirlash]- Allohga sevgisi boʻlgan biron kimsani sevgan odam Allohni sevadi. Allohga itoatli kimsani siylagan odam Allohni izzat-ikrom qilayotgan boʻladi[1][2].
B
[tahrirlash]- Badaning uchun dunyoni, koʻngling uchun oxiratni lozim tut. Dunyo tanni semirtiradi, oxirat fikri koʻngilni oʻstiradi[1].
- Bozor ahlining kiyimlariga aldanmanglar. U kiyimlarning ichida boʻrilari bordir[1].
- Bu dunyoning neʼmatlari bamisoli ilohiy gʻazabga uchraganday nopok kishilarga nasib boʻladi[1].
H
[tahrirlash]- Hech bir narsamni davolash nafsimni tarbiyalash va uni davolashchalik menga ogʻir kelmadi. Chunki u goh men taraf boʻlar, goh menga qarshi chiqardi[1].
I
[tahrirlash]K
[tahrirlash]- Kimki namozni shikasta dil va ojizlik bilan ado qilmasa, ibodati durust boʻlmaydi[1].
- Kimki qabr zikrini koʻpaytirsa, uni jannat bogʻlaridan boʻlgan bogʻdek topadi, kimki oʻshandan gʻofil qolsa, uni doʻzax chohlaridan boʻlgan chohdek topadi[1].
- Kim chaqirsa kelishdan ozorlanadigan kishini daʼvat etsa, bu daʼvat etgan kishiga bir gunoh yoziladi. Agar daʼvat etilgan kishi kelsa, ikki gunoh yoziladi. Chunki daʼvat qilgan kishi uni oʻzi istamagan holda yemakka zoʻrlagan boʻladi[1].
M
[tahrirlash]- Menga kamonning oʻqini otgani tili bilan otgandan yaxshiroqdir. Chunki tilining otgani xato qilmaydi, oʻqni otsa, gohida xato ketadi[1].
- Muhabbat – Allohning Rasuliga ergashmoqdir. Muhabbat – Allohni doimo yodda tutishdir[1][4].
O
[tahrirlash]- Odamlar orasida besh aziz va ulugʻ toifa borki, ularni izzat qilmoq dunyo ahliga vojibdir: avval – amalli olim, ikkinchi – parhezkor soʻfiy, uchinchi – tavozeʼli boy, toʻrtinchi – yoʻqchilikka sabr qilib, shukr aytuvchi kambagʻal, beshinchi – sunnatga amal qiladigan sayyid[1][5].
Sh
[tahrirlash]- Shahvat tufayli qilingan gunohlar kechirilishiga umid qilsa boʻladi, chunki Odam alayhissalomning adashishi shahvatdan boʻlgan edi. Ammo kibr tufayli qilingan gunohlarning avf etilishiga umid yoʻq, chunki shayton kibri sababli kechirilmas gunohga qoldi[1].
Manbalar
[tahrirlash]- ↑ 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 1,10 1,11 Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet.
- ↑ Tursun 2006, s. 49.
- ↑ Tursun 2006, s. 10.
- ↑ Tursun 2006, s. 29.
- ↑ Tursun 2006, s. 46.
Adabiyotlar
[tahrirlash]- Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet.