Kontent qismiga oʻtish

Yahyo ibn Maoz

Vikiiqtibosdan olingan
Yahyo ibn Maoz

Yahyo ibn Maoz – avliyo.



Iqtiboslar

[tahrirlash]
  • Allohga osiy boʻlmaslik – ulugʻlikdir. Dunyoni oxiratdan afzal koʻrmaslik – hakimlikdir[1].
  • Birovni biror ayb bilan ayblamaslik – oqillik belgisi. Agar men birovni qachondir ayblab qoʻygan boʻlsam, yigirma yildan keyin boʻlsa ham jafosini tortajakman[1].
  • Dunyo – Allohning ekinzori, odamlar – shu ekinzorning ekini, oʻlim – oʻroq, jonni oluvchi farishta alayhissalom – shu ekinni oʻruvchi, qabriston – uni yanchuvi, jannat va doʻzax – havoyi xohishlarning uyidir. Bir guruhi jannatda, bir guruhi doʻzaxda boʻladi[1].
  • Dunyo shaytonning doʻkonidir, undan biron narsa oʻgʻirlamaki, shayton uni olishga kelib, sening dodingni bermasin[1].
  • Pul – chayondir, agar halolidan topmasang va oʻrnida ishlatmasang, yaqinlasha koʻrma. Chunki chaqsa, zahari seni oʻldiradi[1].
  • Qalblar ham qozon kabi ichidagi bor narsasi bilan qaynab turadi. Tillar esa uning choʻmichidir. Kishi gapirayotganida tili qalbidagi narsani olib chiqadi, yaʼni dilning taʼmini bayon qiladi[1].
  • Riyozat qilichlarini sugʻurib, nafsing bilan mujodala qil. Riyozat toʻrt yoʻl bilan boʻladi: oz yemoq, oz uxlamoq, oz gaplashmoq, barcha jonlidan kelgan iztiroblarga chidamoq[1].

Manbalar

[tahrirlash]
  1. 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 1,10 1,11 1,12 1,13 1,14 Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet.