Kontent qismiga oʻtish

Abu Sulaymon Doroniy

Vikiiqtibosdan olingan
Abu Sulaymon Doroniy
Umumiy maʼlumotlar
Vafoti 831-yil (hijriy 215-yil)
Qardosh loyihalar

Abu Sulaymon Abdurahmon bin Ahmad bin Atiyya Doroniy (831-yilda (hijriy 215-yil) vafot etgan) – „Nasoyim ul-muhabbat“da tilga olingan tasavvuf shayxi.

Iqtiboslar

[tahrirlash]
  • Alloh bilan banda orasidagi eng oliy narsa qilmishlar uchun javob berishdir[1].
  • Bu dunyoda savobi boʻlmagan barcha amallarning oxiratda ajr-u mukofoti ham boʻlmaydi[2].
  • Dunyoda tungi namoz (tahajjud), doʻstlar bilan suhbat va jamoat bilan oʻqiladigan namozdan boshqa zavq qolmadi[3][4].
  • Har bir narsaning toʻlovi (mahri) bor. Jannat mahri dunyo lazzatlaridan voz kechishlikdir[6].
  • Kim dunyolikni qattiq istasa-yu, unga bu berilsa, bunga hech qachon qanoat qilmaydi, yana istaydi. Kim oxiratlikni qattiq istasa-yu, unga bu berilsa, u ham bunga qanoatqilmaydi, yana istaydi. Na dunyolik orzularining, na-da oxiratlik orzularining soʻnggi bordir[3][8].
  • Koʻzlaringizni yigʻiga, qalblaringizni tafakkurga oʻrgatinglar[3].[10].
  • Oila eʼtiqodni zaiflashtiradi, chunki inson oilasi och qolsa ular uchun talabda boʻladi. Talab bor joyda eʼtiqod sustlashadi[11].
  • Qalbda pok tuygʻular va oxirat qoʻrquvi boʻlgan bir paytda nafsning havoyi orzulariga berilgan bir hayotkeladi-da, uning tinchliginibuzib, oʻziga bir joy ochmoqchi boʻladi[3][8].

Manbalar

[tahrirlash]
  1. ↑ Tursun 2006, s. 56.
  2. ↑ 2,0 2,1 Tursun 2006, s. 82.
  3. ↑ 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 3,5 3,6 Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet. 
  4. ↑ Tursun 2006, s. 32.
  5. ↑ Tursun 2006, s. 69.
  6. ↑ Tursun 2006, s. 83.
  7. ↑ Tursun 2006, s. 48.
  8. ↑ 8,0 8,1 Tursun 2006, s. 73.
  9. ↑ Tursun 2006, s. 27.
  10. ↑ Tursun 2006, s. 24.
  11. ↑ Tursun 2006, s. 182.

Adabiyotlar

[tahrirlash]
  • Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet.