Kontent qismiga oʻtish

Abdulloh ibn Masʼud

Vikiiqtibosdan olingan
Abdulloh ibn Masʼud

Umumiy maʼlumotlar
Tavalludi 594
Makka va Tihamah
Vafoti 653
Madina
Qardosh loyihalar


Abdulloh ibn Masʼud (arabcha: عبد الله بن مسعود‎‎) – Abu Abdurrahmon Abdulloh ibn Masʼud ibn Gʻofil ibn Habib al-Huzaliy ? – 32/652—53, Madina) – Kufa tafsir va fiqh maktablarining asoschisi.

Alifbo tartibi boʻyicha:
A · B · D · E · F · G · H · I · J · K · L · M · N · O · P · Q · R · S · T · U · V · X · Y · Z · Oʻ · Gʻ · Sh · Ch · ng · Yana qarang · Havolalar

  • Banda iymon choʻqqisiga chiqmagunicha, uning haqiqatiga yetisholmaydi. Musulmon kambagʻallikni boylikdan, pasayishni yuksalishdan afzal koʻrmagunicha va uni maqtagan hamda yomonlagan kishilarni bir xilda koʻrmagunicha iymon choʻqqisiga chiqa olmaydi[1][5].
  • Bir kishiga „Allohdan qoʻrq“, deyilganida, u: „Sen oʻzingni bil“, deb javob qilsa, shu ish Alloh nazdidagi katta gunohlardan biridir[1][6].
  • Bir millatda ishonchli kishilar ozaysa, dinini sotib dunyo yigʻuvchilar koʻpaysa, u millat orasida fitna bolalaydi[1][7].
  • Bu dunyoda moli omonat, oʻzi mehmon boʻlmagan biron kimsa yoʻq. Mehmon degan doimo keladi va ketadi, omonat esa egasiga berilishi kerak[1][8].
  • Bugun sizlar havoyi nafslar ilmga tobeʼ zamonda yashayapsiz. Hali shunday zamonlar keladiki, unda ilm havoyi nafslarga tobeʼ boʻladi[1][9].
  • Ham dunyo, ham oxirat uchun harakat qilmagan odamni xushlamayman[1][12].
  • Haq ogʻirdir, biroq tomoqdan oson oʻtadi. Botil yengilgina, ammo kasallik keltirib chiqaradi. Necha-necha insoniy orzu-istaklar borki, ularga ergashilsa, uzoq vaqt davom etguvchi xafagarchilik bilan nihoya topadi[1][13].
  • Ilmda Alloh qoʻrquvsi kifoyadir. Jaholatda Allohning mulkida Unga qarshi gʻururlanmoq kifoyadir[1][14].
  • Ilm koʻp rivoyat qilish bilan emas, koʻp taqvo qilish bilan boʻladi[1][15].
  • Ilm koʻtarilmasidan uni oʻrganinglar. Ilm olimlarning vafoti tufayli koʻtariladi. Jonim qoʻlida boʻlgan Zotga qasamki, Alloh yoʻlida shahid boʻlgan kishilar (qiyomat kunida) olimlarga berilgan karomat darajalarni koʻrib: „Koshki bizni ham Alloh olim qilib tiriltirsa“, deb orzu qiladilar. Zero, hech kim olim boʻlib tugʻilmaydi. Ilm oʻrganish, taʼlim olish bilan egallanadi[1][16].
  • Ilmni fursat boʻlganda oʻrganaverish kerak. Chunki ilm zarur boʻlgan paytda fursat topilmaydi[1][17].
  • Qaysilaringiz bir dirhamni sogʻligida va baxilligida infoq-ehson qilsa, oʻlim vaqtida yuz dirhamni infoq etishni vasiyat qilishidan yaxshidir[1][4].
  • Tildan koʻra boshqa biron narsa tutqunlikda ushlab turishga haqli emas. Uning misoli yirtqich hayvonga oʻxshaydi, mahkam tutmasang, oʻzingga dushmanlik qiladi[26].
  • Yaxshi odam boʻlish uchun ibodat qilishning oʻzi kifoya emas, balki yaxshi qalbli, yomonlarni yomon koʻruvchi boʻlish kerak[1][28].

Manbalar

[tahrirlash]
  1. ↑ 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 1,10 1,11 1,12 1,13 1,14 1,15 1,16 1,17 1,18 1,19 1,20 1,21 1,22 1,23 1,24 Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet. 
  2. ↑ Tursun 2006, s. 53.
  3. ↑ Tursun 2006, s. 22.
  4. ↑ 4,0 4,1 Tursun 2006, s. 102.
  5. ↑ Tursun 2006, s. 36.
  6. ↑ Tursun 2006, s. 46.
  7. ↑ Tursun 2006, s. 73.
  8. ↑ Tursun 2006, s. 74.
  9. ↑ Tursun 2006, s. 8.
  10. ↑ Tursun 2006, s. 71.
  11. ↑ Tursun 2006, s. 7.
  12. ↑ Tursun 2006, s. 81.
  13. ↑ Tursun 2006, s. 93.
  14. ↑ Tursun 2006, s. 155.
  15. ↑ Tursun 2006, s. 9.
  16. ↑ Tursun 2006, s. 15.
  17. ↑ Tursun 2006, s. 6.
  18. ↑ Tursun 2006, s. 20.
  19. ↑ 19,0 19,1 Tursun 2006, s. 91.
  20. ↑ Tursun 2006, s. 112.
  21. ↑ Tursun 2006, s. 162.
  22. ↑ Tursun 2006, s. 92.
  23. ↑ Tursun 2006, s. 154.
  24. ↑ Tursun 2006, s. 23.
  25. ↑ Tursun 2006, s. 37.
  26. ↑ Tursun 2006, s. 149.
  27. ↑ Tursun 2006, s. 118.
  28. ↑ Tursun 2006, s. 131.

Adabiyotlar

[tahrirlash]
  • Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet. 

Havolalar

[tahrirlash]