Kontent qismiga oʻtish

Mahmud ibn Muhammad

Vikiiqtibosdan olingan
Mahmud ibn Muhammad
Vikipediyadagi maqola

Mahmud ibn Muhammad (11-yuz yillikda yashagan) – fors adibi. „Odob ul-muziyfin va zodul-oqiliyn“ nomli asar muallifi.

Iqtiboslar

[tahrirlash]
  • Mehmonga xos boʻlgan odoblardan biri shundayki, kimki mehmonga taklif etilsa, rad qilmay borish kerak. Borganda esa uyning yuqorisini koʻzlamay, uy sohibi qayerni koʻrsatsa, oʻsha joyga oʻtirish lozim. Kirayotganda va oʻtirayotganda taʼzimu tavozeʼni unutmasin. Oʻzlari xohlamay turgan ikki odamning orasiga suqilib oʻtirilmaydi, chunki ularning suhbatiga toʻsqinlik qiladi[1].
  • Mehmon rioya qilishi lozim boʻlgan odoblardan yana biri shuki, mehmon mezbonga ish buyurmasin. Chunki buyurgan ishini bajarish uy sohibiga ogʻirlik qilishi mumkin. Agar mehmondan qanday ovqat qilib berish haqida soʻralsa, yengil ovqatni tanlasin. Ulugʻ kishilar doimo shunday qilishgan[1].

Manbalar

[tahrirlash]
  1. 1,0 1,1 Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet.