Kontent qismiga oʻtish

Muoz ibn Jabal

Vikiiqtibosdan olingan
Muaz ibn Jabal

Umumiy maʼlumotlar
Tavalludi 600
Madina
Vafoti 638
Suriya
Qardosh loyihalar

Muoz ibn Jabal (arabcha: معاذ بن جبل‎; 603-yil, Yasrib – 639-yil, Ash-Shuna ash-Shamaliya, Iordaniya) – Muhammad paygʻambarning sahobasi, faqih, qori va muhaddis. Jushama ibn al-Xazraj qabilasining Banu Adda ansorlaridan biri.

Iqtiboslar

[tahrirlash]
  • Alloh ilm bilan qavmlarni yuksaltirib, yetakchi qilib qoʻyadi. Ular odamlarni yaxshilikka yetaklaydi, boshqalar ularning izidan yuradi, qilgan ishlari eʼtiborli boʻladi. Har bir quruq va hoʻl narsalar, hattoki dengizdagi baliqlar-u hasharotlar, barcha hayvonlar, osmon va undagi yulduzlar ularning haqqiga istigʻfor aytadi[1][2].
  • Dunyodagi ulushing seni albatta qidirib topadi. Sen undan koʻra oxiratdagi ulushingga muhtojroqsan. Binobarin, sen oxiratdagi ulushingni tanla![1][3]
  • Ilm tanholikda hamroh, xilvatda doʻst, toʻgʻri yoʻl koʻrsatuvchi dalil, xursandlig-u xafalik paytda koʻmakchi, doʻstlar oldida vazir, begonalar oldida yaqin doʻst va jannat yoʻlining minorasidir[1][4].
  • Ilm oʻrganinglar, zero uni oʻrganish – Allohdan qoʻrqish, uni talab qilish – ibodat, muzokarasi – tasbeh, uni izlash – jihod, bilmaganga oʻrgatish – sadaqa, uni oʻz ahliga bildirish – Allohga qurbatdir[1][4].
  • Jannat ahli dunyoda Allohni zikr qilmay oʻtkazgan bir soatiga shu qadar achinadilarki, boshqa biron narsaga shunchalik afsuslanishlarini tasavvur qilib ham boʻlmaydi[1][5].
  • Namozingni hayot bilan vidolashayotgan kishi kabi oʻqi! Yana bir bor oʻqiy olishingni oʻylama. Shuni bilginki, moʻmin kishi biri bajarilgan va biri ortda qolgan ikki yaxshilik oʻrtasida oʻladi[1][6].

Manbalar

[tahrirlash]
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 1,6 1,7 1,8 Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet. 
  2. Tursun 2006, s. 13.
  3. Tursun 2006, s. 81.
  4. 4,0 4,1 Tursun 2006, s. 17.
  5. Tursun 2006, s. 52.
  6. Tursun 2006, ss. 36–37.
  7. Tursun 2006, s. 45.

Adabiyotlar

[tahrirlash]
  • Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet.