Kontent qismiga oʻtish

Nosir Xisrav

Vikiiqtibosdan olingan
Nosir Xisrav

Umumiy maʼlumotlar
Tavalludi 3-sentyabr 1004
Qubodiyon
Vafoti 1088
Yamgan tumani
Qardosh loyihalar

Nosir Xisrav (toʻliq ismi: Abu Muʼiniddin Nosir Xisrav al-Qubodiyoniy; 1004-yil, Qubodiyon – 1088-yil, Badaxshon) – fors-tojik shoiri, mutafakkiri.

Alifbo tartibi boʻyicha:
A · B · D · E · F · G · H · I · J · K · L · M · N · O · P · Q · R · S · T · U · V · X · Y · Z · Oʻ · Gʻ · Sh · Ch · ng · Yana qarang · Havolalar

  • Ayol, bil, lutf-u himmatga sazovor,
    Goʻdakdek mehr-u shafaqatga sazovor[1][2].
  • Bilim qidirishga urdim boshimni,
    Bekorga oʻtkazmadim umrimni bir dam.
    Qaydaki eshitsam ilm-u donishni,
    Eshigi tagida oʻltirdim mahkam[3].
  • Dono suhbatidan sira qochmagil,
    Taʼsirin oʻtkazar senga ham u til[3].
  • Doʻst doʻstdir asli qilmishi bilan,
    Doʻst emas „doʻstingman“, deyishi bilan[1][4].
  • Keksa kishi boʻlsa nodon-u johil,
    Aqlli goʻdakni undan afzal bil[1][5].
  • Kishida tavozeʼ aqldan darak,
    Ulugʻlik karamdan topadi bezak[1][6].
  • Kishini ranjitmoq juda ham yengil,
    Koʻnglin olmoq esa, unday emas, bil[1][7].
  • Kosibdan shod-u xurram yoʻq jahonda,
    Hunardan yaxshi dur ham yoʻq jahonda.
    Kimki shogirdlikka chin dilidan shod,
    Bir kuni oʻzi ham boʻlgʻusi ustod[3].
  • Yaxshilik qilmishdir kim senga bir bor,
    Yodingdan chiqarma sen uni zinhor[1][7].
  • Ziyraklar suhbati etar baxtiyor,
    Nodon nafida ham doim zarar bor[1][9].

Manbalar

[tahrirlash]
  1. ↑ 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet. 
  2. ↑ Tursun 2006, s. 178.
  3. ↑ 3,0 3,1 3,2 3,3 Hamidjon Xomidiy; Mahmud Hasaniy. Mashriqzamin hikmat boʻstoni (PDF PDF), Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997-yil — 251-bet. 
  4. ↑ Tursun 2006, s. 167.
  5. ↑ Tursun 2006, s. 8.
  6. ↑ Tursun 2006, s. 157.
  7. ↑ 7,0 7,1 Tursun 2006, s. 133.
  8. ↑ Tursun 2006, s. 145.
  9. ↑ Tursun 2006, s. 62.
  10. ↑ Tursun 2006, s. 170.

Adabiyotlar

[tahrirlash]
  • Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet.