Ibrohim ibn Adham
Qiyofa
(Ibrohim Adhamdan yoʻnaltirildi)
Ibrohim ibn Adham | |
Vikipediyadagi maqola | |
Vikiombordagi fayllar |
Ibrohim ibn Adham (716-yil – 782-yil) – Balx podshohining oʻgʻli, soʻfiy avliyolar orasida zuhd va taqvosi bilan mashhur boʻlgan.
Iqtiboslar
[tahrirlash]A
[tahrirlash]- Alloh taologa duo qilasiz-u, lekin ijobat boʻlmaydi, buning sababi shuki, sizlarning qalbingiz oʻnta narsa bilan oʻlgan:
— Allohni taniysizlar-u haqqini ado etmaysizlar.
— Alloh kitobini oʻqiysizlar-u unga amal qilmaysizlar.
— Shaytonni dushman, deb daʼvo qilasizlar-u, lekin uni doʻst tutasizlar.
— Rasulullohni yaxshi koʻramiz, deb daʼvo qilasizlar-u, ammo ul zotning yoʻllaridan yurmaysizlar va sunnatlarini bajarmaysizlar.
— Jannatni yaxshi koʻrasizlar-u, biroq unga olib borguvchi amallarni qilmaysizlar.
— Jahannamdan qoʻrqasizlar-u gunohlardan tiyilmaysizlar.
— Oʻlim haq, deb daʼvoda boʻlasizlar-u, ammo unga tayyorgarlik koʻrmaysizlar.
— Birovlarning ayblarini koʻrasizlar-u oʻz ayblaringizni koʻrmaysizlar.
— Alloh bergan rizqni yeysizlar-u, lekin shukronasini qilmaysiz
— Oʻliklaringizni dafn etasiz-u, ammo bundan ibrat olmaysiz. Oʻlik yer samar bermaganidek, oʻlik qalbdan chiqqan duo ham ijobat topolmaydi[1].
D
[tahrirlash]- Dunyoni yamadik yirtib olib dinimizdan,
Din ham ketdi, dunyo ham ketdi qoʻlimizdan[1].
E
[tahrirlash]- Ey gʻiybatchi, doʻstlaringga dunyoing bilan baxillik qilding, dushmanlaringga oxirating bilan saxiylik qilding. Sen baxillik qilgan oʻrningda kechirilmaysan, saxiylik qilgan oʻrningda maqtalmaysan[1].
I
[tahrirlash]- Ilmni amal uchun oʻrganinglar. Aksar odamlar ilmlari togʻdek, amallari zarradek boʻlib qolib, yanglishishadi[1].
Z
[tahrirlash]- Zuhd uch xil boʻladi: zuhdi farz, zuhdi fazl, zuhdi salomat. Zuhdi farz – haromda zuhd qilish, zuhdi fazl – halolda zuhd qilish, zuhdi salomat – shubhalarda zuhd qilishdir[1].