Ibrohim ibn Adham
Qiyofa
Ibrohim ibn Adham | |
---|---|
![]() | |
![]() |
Ibrohim ibn Adham (716-yil – 782-yil) – Balx podshohining oʻgʻli, soʻfiy avliyolar orasida zuhd va taqvosi bilan mashhur boʻlgan.
A
[tahrirlash]- Alloh taologa duo qilasiz-u, lekin ijobat boʻlmaydi, buning sababi shuki, sizlarning qalbingiz oʻnta narsa bilan oʻlgan:
— Allohni taniysizlar-u haqqini ado etmaysizlar.
— Alloh kitobini oʻqiysizlar-u unga amal qilmaysizlar.
— Shaytonni dushman, deb daʼvo qilasizlar-u, lekin uni doʻst tutasizlar.
— Rasulullohni yaxshi koʻramiz, deb daʼvo qilasizlar-u, ammo ul zotning yoʻllaridan yurmaysizlar va sunnatlarini bajarmaysizlar.
— Jannatni yaxshi koʻrasizlar-u, biroq unga olib borguvchi amallarni qilmaysizlar.
— Jahannamdan qoʻrqasizlar gunohlardan tiyilmaysizlar.
— Oʻlim haq, deb daʼvoda boʻlasizlar-u, ammo unga tayyorgarlik koʻrmaysizlar.
— Birovlarning ayblarini koʻrasizlar-u oʻz ayblaringizni koʻrmaysizlar.
— Alloh bergan rizqni yeysizlar-u, lekin shukronasini qilmaysiz
— Oʻliklaringizni dafn etasiz-u, ammo bundan ibrat olmaysiz. Oʻlik yer samar bermaganidek, oʻlik qalbdan chiqqan duo ham ijobat topolmaydi[1][2].
D
[tahrirlash]- Dunyoni yamadik yirtib olib dinimizdan,
Din ham ketdi, dunyo ham ketdi qoʻlimizdan[1].
E
[tahrirlash]- Ey gʻiybatchi, doʻstlaringga dunyoing bilan baxillik qilding, dushmanlaringga oxirating bilan saxiylik qilding. Sen baxillik qilgan oʻrningda kechirilmaysan, saxiylik qilgan oʻrningda maqtalmaysan[1].
I
[tahrirlash]- Ilmni amal uchun oʻrganinglar. Aksar odamlar ilmlari togʻdek, amallari zarradek boʻlib qolib, yanglishishadi[1][3].
Z
[tahrirlash]- Zuhd uch xil boʻladi: zuhdi farz, zuhdi fazl, zuhdi salomat. Zuhdi farz – haromda zuhd qilish, zuhdi fazl – halolda zuhd qilish, zuhdi salomat – shubhalarda zuhd qilishdir[1][4].
Manbalar
[tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet.
- ↑ Tursun 2006, ss. 41–42.
- ↑ Tursun 2006, s. 10.
- ↑ Tursun 2006, s. 32.
Adabiyotlar
[tahrirlash]- Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet.