Kontent qismiga oʻtish

Ahmad Yugnakiy

Vikiiqtibosdan olingan
Ahmad Yugnakiy
Umumiy maʼlumotlar
Tavalludi XII asr oxiri
Samarqand, Yugnak qishlogʻi
Vafoti XII asr birinchi yarmi
?
Qardosh loyihalar

Ahmad Yugnakiy yoki Yugnakiy (XII asr oxiri, Samarqand, Yugnak qishlogʻi – XII asr birinchi yarmi, ?) – turkiy shoir, mutafakkir.

Iqtiboslar

[tahrirlash]
  • Ilmsiz iliksiz soʻngak kabi boʻshdir, iliksiz soʻngakka qoʻl urilmaydi. Bilim bilan kishining martabasi oshdi, ilmsizlik esa kishini tubanlashtirdi. Bilimli kishi keraqli soʻzni soʻzlaydi, keraksiz soʻzni koʻmib tashlaydi[1].
  • Kimda-kim „man-man“ deb oʻzini baland tutsa, uni na xalq, na Alloh sevadi[2][4].
  • Mingta doʻsting boʻlsa, uni koʻp koʻrma,
    Bitta dushmaning boʻlsa, uni oz dema[2].
  • Mol-dunyoim koʻp, deb kibrlanmagin. Mol-dunyoning foydasi nimaga arziydi?! (Oʻlganda) yalongʻoch ketasan. Hamyoning, toʻrvang, boylik toʻla sandigʻing – bari qolib ketadi[2][5].
  • Qaramsiz kishi mevasiz daraxtdir, mevasiz yegʻochni kesib yondirgin[1].
  • Toʻgʻri boʻl, toʻgʻri ish qil, toʻgʻri deb nom chiqar,
    Xaloyiq seni toʻgʻri, deb atasin[1].
  • Ulfati yaxshi kishining oʻzi ham yaxshi boʻlur, yaxshi ulfatli kishidan koʻp yaxshilik kelur[2][6].
  • Ulugʻlikka yetishsang – yanglishma, atlas kiysang, boʻz koʻylagingni unutma[1].
  • Yaxshi feʼl bilan odamlar koʻnglini olib, oʻzingni yomon qiliqlardan saqlab yasha[2][7].
  • Oʻylab soʻzlagan kishining soʻzi toʻgʻridir,
    Oʻrinsiz koʻp vaysagan til shafqatsiz yovdir.
    Ogʻiz va tilning bezagi toʻgʻri soʻzdir,
    Toʻgʻri soʻzla, tilingni beza[1].

Manbalar

[tahrirlash]
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 1,6 1,7 1,8 Hamidjon Xomidiy; Mahmud Hasaniy. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997-yil — 251-bet. 
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 2,6 Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet. 
  3. Tursun 2006, s. 115.
  4. Tursun 2006, s. 154.
  5. Tursun 2006, s. 69.
  6. Tursun 2006, s. 172.
  7. Tursun 2006, s. 129.

Adabiyotlar

[tahrirlash]
  • Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet.