Koshgʻariy
Qiyofa
Koshgʻariy | |
Vikipediyadagi maqola | |
Vikiombordagi fayllar |
Mahmud ibn al-Husayn ibn Muhammad al-Qoshgʻariy (Mahmud al-Qoshgʻariy, Mahmud Qoshgʻariy, Qoshgʻariy, yaʼni qoshgʻarlik Mahmud)(1028/1029-yil, Barsxon – 1101/1126-yil, Oʻpal) – turkiy tilshunos olim, filolog. Turkiy xalqlarning arab tilidagi ilk ensiklopediyasi – „Devonu lugʻotit turk“ (1072–1074) muallifi, turkshunoslik ilmining asoschisi.
A B D E F G H I J K L M N O P Q R S T U V X Y Z Oʻ Gʻ Sh Ch Ng |
Iqtiboslar
[tahrirlash]A
[tahrirlash]B
[tahrirlash]- Baxil mezbon mehmonni oʻgʻri koʻrar,
Berganini minnat qilib yuzga urar[2]. - Befahm mehmon uy egasini xijolatga qoʻyadi[1].
- Belgi boʻlsa, odam yoʻlda adashmaydi, aqli boʻlsa, kishi soʻzda adashmaydi[1].
- Boqmas jahon sovuq soʻz,
Shilqim, yuzsiz baxilga,
Yoqimli boʻl, xushxulq boʻl,
Qolsin noming koʻp yilga[2]. - Boshqa kishining moli qoʻlingda boʻlsa ham, seniki hisoblanmaydi. Chunki u qaytariladi[1].
- Boʻydoq odamga ellik gaz boʻz ham ishtonlikka yetmaydi[1].
D
[tahrirlash]- Doʻstlar bilan totuv yasha, urishib undan ayrilma. Qoʻlingdagi tovuqni chiqarib yuborib, yana boshqatdan qidirma![1]
E
[tahrirlash]I
[tahrirlash]- Ikki er hayvon olishadi, oʻrtada pashsha yanchiladi[1].
- Ilm, hikmat oʻrgangin, boʻlma magʻrur,
Maqtanchoqni sharmandasi chiqdi, koʻr[2]. - It qopmaydi, ot tepmaydi dema, negaki bu odat ularning tabiatida bordir[1].
- Ish boshlashda hovliqmay, diqqatla boq
Chaqmoqtoshni shoshib chaqsang oʻchar chiroq[1].
K
[tahrirlash]- Kasalning vasiyat qilishi uning uchun yaxshilik keltiradi[1].
- Kelsa agar xonang uzra gʻarib mehmon,
Bor narsangni oldiga qoʻy, boʻl mehribon[2]. - Kelsa birov yoʻqlanib,
Bergil yaxshi ozuq, non.
Qargʻab ketar mehmonlar,
Koʻtar boʻlsang gar yomon[2]. - Ketgan molga achinma,
Unga ozroq oʻkingil[2]. - Kulsa kishi yuzingga,
Koʻrklik boʻlib koʻringil.
Shirin, ochiq soʻz soʻyla,
Yoqmoq uchun uringil[2]. - Koʻrklik toʻning oʻzingga,
Totligʻ oshing oʻzingga.
Qoʻnoqqa koʻrgiz izzat,
Yoysin shaʼning uzoqqa[2].
M
[tahrirlash]- Mashaqqatsiz hayot yoʻq bunda aslo,
Ezgulikni koʻrmasdan umr bitar[2]. - Mehmonni davlat va barakotdan sanaydiganlar oʻlib ketdi. Har bir qora sharpa qoʻnoq boʻlmasin, deb chodir buzuvchilar qoldi[1].
- Mehmondorchilikning qoidalaridan biri shundayki, mehmonning oldiga kirayotganda, chiqayotganda yoki taom yeyilayotganda ochiq yuzli, shirin soʻzli va xushfeʼl boʻlish lozim. Mehmonlar oldida hech bir xodim yoki mulozimni xafa qilmaslik, qattiq gapirmaslik, ular tomonidan birorta ayb yoki nuqson boʻlsa tanbeh va taʼna soʻzlarini aytishdan tiyilmoq lozim. Shuning uchun donolar: „Mehmondorchilikdagi oliy izzat ochiq yuzlilik va shirin soʻzlik“ deganlar[2].
- Mehmon kelsa oʻtqazgil,
Hordiq olib tinch boʻlsin.
Oti ham yorugʻlikda
Arpa, somonga tuysin[2]. - Muhtoj odam har bir narsadan hojati chiqishini oʻylaydi[1].
O
[tahrirlash]- Odobning boshi – til[1].
- Ojiz, gʻarib mehmon kelsa, hozir boʻlgan narsani mehmonga tezlik bilan qoʻy, unga malol keltirma[1].
- Olim kishini ezgu tutib soʻzin eshit,
Hunarini oʻrganibon amal qilgʻil[2]. - Olim kishi soʻzidan olgil oʻgit,
Yaxshi soʻzlar taʼsiri dilga singar[2]. - Olimlarga yaqinlash, bahra olgil tutib dil[2].
- Osmonga tupurgan kishining tupugi yuziga tushadi[1].
Q
[tahrirlash]- Qarindoshlarga, qoʻni-qoʻshnilarga yaxshilik qil, olgan hadyalaring evaziga qimmatliroq narsa hozirla[1].
- Qurol hozirlashni unutgan askar asir boʻladi[1].
- Quruq yogʻoch egilmaydi, quruq novda gullamaydi[1].
- Qush ov koʻrsa yuksaklardan pastga tushar,
Olim kishi oʻgit bersa, darhol uqar[2]. - Qoʻldoshingni hurmat qil,
Oʻzgalarga yuzlanma.
Boqolmasang tovugʻing,
Qush boqay, deb soʻzlanma[2]. - Qoʻni-qoʻshni, qarindosh,
Koʻrsin sevdan yaxshilik[2].
S
[tahrirlash]- Savdogarning moli toza, beshubha boʻlsa, yoʻl ustida yeydi[1].
T
[tahrirlash]U
[tahrirlash]- Ulugʻligʻing oshsa xushxulq boʻlgil[2].
- Undab ulugʻ chaqirsa,
Tezlik bilan chopib kel,
Ochlikda birga boʻlgil,
Ne holda boʻlsa yurt, el[2]. - Urgʻochi tuya ingrasa, erkak tuya boʻzlaydi[1].
Y
[tahrirlash]- Yaxshining soʻngagi tuproqda chirisa ham, nomi qoladi[1].
- Yashirin tutilgan sevgi
Ayrilgan kun bilinar.
Ogʻriq koʻzni berkitma,
Yoshi oshkora qilar[2]. - Yomonlikka otlanma,
Tildan chiqar ezgu soʻz[1]. - Yotlarning yogʻliq ovqatidan oʻzingga yaqinlarning mushti yaxshi[1].
Oʻ
[tahrirlash]Gʻ
[tahrirlash]- Gʻoz qoʻzgʻolsa, koʻlni oʻrdak egallaydi[1].
Ch
[tahrirlash]- Chiroyli toʻningni oʻzing kiy, shirin taomingni esa boshqalarga tut[1].
- Chiyaboʻri qoʻshnichilikka rioya qilib qoʻshnisini yemaydi[1].
Manbalar
[tahrirlash]- ↑ 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 1,10 1,11 1,12 1,13 1,14 1,15 1,16 1,17 1,18 1,19 1,20 1,21 1,22 1,23 1,24 1,25 1,26 1,27 Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet.
- ↑ 2,00 2,01 2,02 2,03 2,04 2,05 2,06 2,07 2,08 2,09 2,10 2,11 2,12 2,13 2,14 2,15 2,16 2,17 2,18 2,19 2,20 Hamidjon Xomidiy; Mahmud Hasaniy. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997-yil — 251-bet.