Nizomiy Ganjaviy
Qiyofa
Nizomiy Ganjaviy | |
Vikipediyadagi maqola | |
Vikimanbadagi asarlar | |
Vikiombordagi fayllar |
Nizomiy Ganjaviy (asl ismi: Abumuhammad Ilyos ibn Yusuf ibn Zakiy Muayyad)(1141-yil – Ganja shahri, Ozarbayjon – 1209.12.3) – Ozarbayjon fors sheʼriyatining klassigi, Oʻrta asrlar Sharqining eng buyuk shoirlaridan biri, fors tilidagi epik adabiyotning eng yirik ishqiy shoiri, fors tilidagi epik sheʼriyatga soʻzlashuv tili va realistik uslubni olib kelgan ijodkordir.
A B D E F G H I J K L M N O P Q R S T U V X Y Z Oʻ Gʻ Sh Ch Ng |
Iqtiboslar
[tahrirlash]A
[tahrirlash]- Ablahni koʻrgilki, talashib bir sang,
Oʻzaro urushib qilishadi jang![1] - Arzimas gʻam tortmoq uchun bu jahon,
Dunyo shod yashamoq uchun, ey inson!
Dunyo dilxushligu ham shodlik uchun,
Na zahmat tortmogʻu bedorlik uchun.
Ne uchun oʻzingga sitam aylamoq,
Yillar aro oʻzni gʻamga boylamoq?
Ogʻirlikni aslo olma boʻyningga,
Olgan sari kirib borar qoʻyningga![1]
B
[tahrirlash]- Barcha eldan tuproq kabi past boʻlgin,
Barcha eldan yeldek tihidast boʻlgin.
Harakat qil, elni aylagin rizo,
Qoʻl-oyogʻin oʻpu qilma norizo![1] - Beaql boʻlma hech, beaql kishi,
Oyoqsiz qurt kabi yurish-turishi.
Toʻzishu, yoʻq boʻlish bu nifoqdandir,
Gʻalaba doimo ittifoqdandir[1]. - Bir kunlik tarixga egadir jahon,
Yuz yillik boylikni qilmaylik pinhon.
Kel, bunda oʻtirib, boʻlaylik bir shod,
Tasavvur qilaylik oʻzni Kayqubod.
Dunyo rohatidan talab qilib dod,
Kechayu ertani aylamaylik yod[1]. - Birovning oldiga borgandan non deb,
Uyda jim oʻtirgan yaxshidir jon deb.
Har kim tama yoʻlin tutsa agar pesh,
Oqibat bir kuni boʻlgʻusi darvesh![1]
D
[tahrirlash]- Davlat gohi kelib, gohida ketar,
Befahm kishilar oʻzini yoʻqotar![1]
H
[tahrirlash]- Halol yegin topib oʻz ranjing bilan,
Boy boʻlsang boʻl faqat oʻz ganjing bilan.
Iti boʻlma aslo birov nonini,
Mushugi boʻlma yo oʻzga xonini.
Kim shoddir shodligi ziyodat boʻlur,
Tani shodlik uchun viloyat boʻlur[1]. - Har kecha soʻnggida nuri ziyo bor,
Har bardosh soʻnggda zavqi safo bor[2]. - Har kim hunar qadrin bilmasa koʻp dod,
U quruq suvratdir, devsifat bunyod!
Alafxoʻr misoli emasdir inson,
Ziyraklik, hushyorlik payida har on.
Har kim oʻqimoqdan qilmasa gar or,
Toshdan laʼl chiqarar, suvdan dur-gavhar.
Necha aqli tezlar qilib behushlik,
Nodonlikdan qildi safolfurushlik.
Ammo taʼlim olib nechalar nodon,
Hokim boʻldi yetti iqlimga chunon.
Obihayot suvin ichganing zamon,
Oʻzni Xizr deya aylagin gumon[1]. - Hunaringdan bir kun yetarsan baxtga,
Hunarsiz kim yetar toj ila taxtga[1].
I
[tahrirlash]- Ishni payti kelgach, aylagin ogʻoz,
Zamonning zayliga qarab boshla boz.
U oʻgʻri kishiki tortib necha ranj,
Talab qilib tunda qidiradi ganj.
Tarannum qilaman chiroyli surud,
Belidan uzilmay tursagina ud!
Dehqon deb oʻylama har kim sochsa don,
Donidan don chiqsa oʻshadir dehqon![1]
K
[tahrirlash]- Kimning boʻshroq choʻntagi,
Tinchroq tepar yuragi[2]. - Kunim kundan kunga boʻlsin desang xush,
Ilm payidan boʻl borida es-hush.
Har varaqni uqib chiqqanda mudom,
Harakat qil, tushun barisin tamom,
Buyra tuquvchikim, tuqisa aʼlo,
Yomon kulohduzdan boʻladi aʼlo![1]
M
[tahrirlash]- Mol-dunyo misoli chirmovchi ilon,
Qoʻlingda kam boʻlsa xush boʻl, ey inson!
Boyliging tezgina topadi yoʻqlik,
Boylikning yoʻqligi sen uchun toʻqlik![1]
N
[tahrirlash]O
[tahrirlash]- Oldin bilib olib, keyin soʻzlagil,
Zarni topib, soʻngra xarjin koʻzlagil[2].
Q
[tahrirlash]- Qalbdan chiqqan so‘z qalbga yoʻl oladi[2].
- Qoʻlingni silka-yu boqma jahonga,
Qanoat aylagin bitta qoq nonga![1]
S
[tahrirlash]- Sabr bilan banddan qutular kishi,
Sabr kalit erur bekilsa ishi.
Sabr qilmoq bila talx boʻlsa komim,
Sabr kaʼbasi de sen mening nomim![1] - Sabr qilgan kishi bir kun topar kom,
Sabrsiz qiz erga yednimas mudom.
Murdaning boshida solmagin koʻp dod,
Murda babr tilar, nainki faryod.
Otni oʻrgatmoqchi boʻlsalar mudom,
Shoshib emas, asta qilinadi rom![1] - Sabr qilsang agar, sabrdan beshak,
Davlating koʻpayar bunga qilma shak.
Sabringni qilmasang sust ila mahol,
Ohista yor boʻlar baxt ila iqbol!
Sabrni oʻzingga ayla-yu shior,
Va sabr yoʻlida turgin barqaror![1]
T
[tahrirlash]- Toʻgʻri bulkim, undan toparsan kamol,
Toʻgʻriga zafar ham koʻrsatur jamol.
Rost yoʻldan toyilmay yursa gar kishi,
Jahonda boʻlmagay aslo tashvishi![1] - Toʻgʻri yurgani uchun oʻq oʻz yoʻlida,
Eʼzoz topdi, koʻrgil, shohlar qoʻlida.
Dilingni toʻgʻri tut, balodan qoʻrqma,
Yoqut ich-u, aslo vabodan qoʻrqma.
Qanday sozdir kishi kajlikdan qochar,
Rostlik gʻalabaga doim yoʻl ochar[1].
U
[tahrirlash]- Uzr soʻrab kelsa dushmaning har choq,
Uyingdan quvlama, hushyor boʻl biroq![1]
X
[tahrirlash]- Xasisning noniga uzatganda qoʻl,
Fillarning ostida oʻlgan koʻp maʼqul![1] - Xasisning xonidan yegandan halvo,
Uyingda qotgan non yeganing avlo.
Shod boʻlsa qanoat birla har kishi,
Oʻlguncha boʻlmagan aslo tashvishi![1]
Y
[tahrirlash]- Yaxshilik koʻzlovchi boʻyniga zinhor
Qilich tortma boʻlsa hamki gunohkor![1] - Yoʻlda qarab tursam bir qush nogahon,
Chumolini choʻqib, qildi chalajon.
Hanuz tumshugʻidan tushmasdan saydi,
Oʻzi ham oʻzga qush zarbini yedi![1]
Oʻ
[tahrirlash]- Oʻqib oʻrganilgan har bitta hunar,
Hunarmandga bir kun foyda keltirar[1]. - Oʻqigandim, ikki ziyrak bir yurtda,
Bir chashma qoshiga kelgan vaqtda.
Biri oz ichishdan oʻldi nogahon,
Biri koʻp ichishdan taslim qildi jon.
Yeb-ichish yoʻlini bilmayin qanday,
Ochligu toʻqlikdan oʻldilar shunday.
Qutulay desang gar tezda oʻlmoqdan,
Qorningni shishirma ortiq yemoqdan[1]. - Oʻzgalar aybiga tetik nazar sol,
Oʻz aybing koʻrgandek undan ibrat ol[2]. - Oʻzini oʻylaguvchi xudbin doʻstingdan jonini yoʻlingga tikkan it yaxshi[2].
Manbalar
[tahrirlash]- ↑ 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 1,10 1,11 1,12 1,13 1,14 1,15 1,16 1,17 1,18 1,19 1,20 1,21 1,22 1,23 1,24 1,25 Hamidjon Xomidiy; Mahmud Hasaniy. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997-yil — 251-bet.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 2,6 Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet.