Kontent qismiga oʻtish

Qoshgʻariy

Vikiiqtibosdan olingan
Qoshgʻariy
Vikipediyadagi maqola
Vikiombordagi fayllar

Mahmud ibn al-Husayn ibn Muhammad al-Qoshgʻariy (Mahmud al-Qoshgʻariy, Mahmud Qoshgʻariy, Qoshgʻariy, yaʼni qoshgʻarlik Mahmud)(1028/1029-yil, Barsxon – 1101/1126-yil, Oʻpal) — turkiy tilshunos olim, filolog. Turkiy xalqlarning arab tilidagi ilk ensiklopediyasi — „Devonu lugʻotit turk“ (1072–1074) muallifi, turkshunoslik ilmining asoschisi.



Iqtiboslar

[tahrirlash]
  • Befahm mehmon uy egasini xijolatga qo‘yadi[1].
  • Belgi bo‘lsa, odam yo‘lda adashmaydi, aqli bo‘lsa, kishi so‘zda adashmaydi[1].
  • Boshqa kishining moli qo‘lingda bo‘lsa ham, seniki hisoblanmaydi. Chunki u qaytariladi[1].
  • Ikki er hayvon olishadi, o‘rtada pashsha yanchiladi[1].
  • It qopmaydi, ot tepmaydi dema, negaki bu odat ularning tabiatida bordir[1].
  • Kasalning vasiyat qilishi uning uchun yaxshilik keltiradi[1].
  • Mehmonni davlat va barakotdan sanaydiganlar o‘lib ketdi. Har bir qora sharpa qo‘noq bo‘lmasin, deb chodir buzuvchilar qoldi[1].
  • Muhtoj odam har bir narsadan hojati chiqishini o‘ylaydi[1].
  • Ojiz, g‘arib mehmon kelsa, hozir bo‘lgan narsani mehmonga tezlik bilan qo‘y, unga malol keltirma[1].
  • Qarindoshlarga, qo‘ni-qo‘shnilarga yaxshilik qil, olgan hadyalaring evaziga qimmatliroq narsa hozirla[1].
  • Quruq yog‘och egilmaydi, quruq novda gullamaydi[1].
  • Savdogarning moli toza, beshubha bo‘lsa, yo‘l ustida yeydi[1].
  • Til bilan qadalgan narsa tish bilan yechilmaydi[1].
  • Yaxshining so‘ngagi tuproqda chirisa ham, nomi qoladi[1].
  • Yotlarning yog‘liq ovqatidan o‘zingga yaqinlarning mushti yaxshi[1].
  • G’oz qo‘zg‘olsa, ko‘lni o‘rdak egallaydi[1].
  • Chiroyli to‘ningni o‘zing kiy, shirin taomingni esa boshqalarga tut[1].
  • Chiyabo‘ri qo‘shnichilikka rioya qilib qo‘shnisini yemaydi[1].

Manbalar

[tahrirlash]
  1. 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 1,10 1,11 1,12 1,13 1,14 1,15 1,16 1,17 Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet.