Kontent qismiga oʻtish

Qrim-tatar maqollari

Vikiiqtibosdan olingan
Qrim tatarlari
Vikipediya maqolasi

Qrim tatarlariQrimdagi xalq, shuningdek Ukrainaning Xerson viloyatida, O‘zbekistonda, Rossiyaning Krasnodar o‘lkasida yashaydilar. Ukrainadagi qrim tatarlari soni 258 ming kishi (2000). Turkiy tillarning qipchoq guruhiga mansub qrim tatar tilida so‘zlashadi. Bu til O‘zbekiston va Ukrainaning bir qator hududlarida, qisman Ros­siya Federatsiyasi, Tojikiston, Gru­ziya, Ozarbayjon, Ruminiya va Turkiyada tarqalgan. So‘zlashuvchilarning umumiy soni 800 ming kishiga yaqin (1990-yillar oxiri).


  • Agar tuyaning qanoti boʻlganida bironta ham tom omon qolmasdi.
  • Ahmoq kunduz kuni chiroq yoqadi.
  • Ajal yoshga qaramaydi.
  • Ajdodlar qanday boʻlsa, avlodlar ham shunday boʻladi.
  • Aka ukaga oʻlim ham tilamaydi, omad ham.
  • Atirgul tergan tikandan qoʻrqmas.
  • Ayiq oʻrmondan xafa boʻldi, oʻrmon xabarsiz qoldi.
  • Baliq boshdan sasiydi.
  • Barcha tirik jonzotlar oʻlimga mahkum.
  • Baxtsizlik qoʻsh keladi.
  • Bilganga chivin ham dutor, bilmaganga doim nimadir kam.
  • Birovning eshigini qoqsang, senikini ham taqillatishadi.
  • Bitta laylak bilan bahor kelib qolmaydi.
  • Boʻydoqning boʻynida bit bor, uning daromadini it yeb bitiradi.
  • Bolang boʻlmasa bir tashvish, bolang koʻp boʻlsa ― mingta.
  • Daraxt niholligida egiladi.
  • Daromad va buromad ― doʻst.
  • Daromad va buromad bir aravada yuradi.
  • Dasturxon mehmon bilan fayzli, uy ― bola bilan.
  • Doʻsting senga taʼna qilsa, dushmaning kularkan.
  • Egizak bir onadan, ikkovining feʼli har xil.
  • Eski doʻst dushman boʻlolmas.
  • Fil chumchuq tugʻibdi.
  • Filni tishidan bilish mumkin.
  • Goʻshtni tirnoq bilan kesib boʻlmaydi.
  • Hamma narsa boʻlishi mumkin, lekin soqoli yoʻqning soqoli oʻsmaydi.
  • Har baxtsizlikning yaxshi tarafi ham boʻladi.
  • Ilon poʻstini tashlaydi, feʼlini tashlamaydi.
  • Ishlayotgan temir yarqiraydi.
  • Ishsizlik ― kambagʻallik kaliti.
  • Ishtonni koʻtarmasdan baliq tutolmaysan.
  • Kalning oldida oshqovoq haqida gapirma.
  • Koʻp gapirgan koʻp adashadi.
  • Koʻpga yugurgan, ozdan ham qoladi.
  • Koʻza har kuni suvga boradi, kun kelib uning dastasi qoʻlda qoladi.
  • Koʻzsiz yashash mumkin, Vatansiz yashab boʻlmaydi.
  • Mehnat qilmay, qiyinchilik koʻrmay ― baxtga erishmaysan.
  • Mingta xola bitta ona boʻlolmaydi.
  • Mix taqani asraydi, taqa ― otni, ot ― mardni, mard Vatanni asraydi.
  • Nodonning boshi ogʻrimaydi.
  • Odamning yuragi tarvuz emas, soʻyib tomosha qilgani.
  • Olmaning tagiga olma toʻkiladi.
  • Olomon oldida eshaginingning dumini kesma, birov uzun desa, boshqasi kalta deydi.
  • Oq bilan qora bir joyda chiqishmaydi.
  • Ortiqcha yaxshilik boshni yormaydi.
  • Oz bergan ― koʻngildan berar, koʻp bergan ― boylikdan.
  • Piyola piyolaga urilsa, ikkisi ham sinadi.
  • Puling boʻlsa, narxini bilmaysan, narxini bilganingda izlaganingni topolmaysan.
  • Qarilar soʻzini olmaganning qariguncha biri ikki boʻlmas.
  • Qayerda xoʻroz koʻp boʻlsa, tong erta otadi.
  • Qisqa suhbatda katta maʼno.
  • Qoʻtir echki podani bulgʻaydi.
  • Qoʻyni oʻz oyogʻidan bogʻlaydilar.
  • Qon qon bilan emas, suv bilan yuviladi.
  • Qorning hammasi oq, lekin hamma oq narsa qor emas.
  • Qozonga nima solsang, qoshiqqa ham oʻsha chiqadi.
  • Quloq ― ikkita, ogʻiz ― bitta. Bas, ikki marta eshitib, bir marta soʻzla.
  • Quyon toqqa achchiq qilibdi, togʻ sezmabdi ham.
  • Quyosh botish uchun chiqadi, inson oʻlish uchun tugʻiladi.
  • Sarimsoqning shirini boʻlmaydi.
  • Sendan biron narsa soʻrashsa shafqatsiz boʻlma, seni ezgʻilashsa muloyim turma.
  • Sevgi sevgini keltiradi.
  • Sherni tirnogʻidan biladilar.
  • Sigir bolalagandan soʻnggina buzoq haqida gapirish mumkin.
  • Soʻrab-soʻrab Istanbulni topasan.
  • Tarbiyani tarbiyasizdan oʻrgan.
  • Temir ishlab tursa, zanglamaydi.
  • Temir ishlatilmasa, zang bosadi.
  • Toʻpga oʻrgangan tuya doʻmbiradan choʻchmaydi.
  • Tuvak tuvakka „sening yuzing qora“ degan ekan.
  • Tuya pashsha tutmaydi.
  • Uylanmoqchimisan ― koʻzingga emas, qulogʻingga ishon.
  • Xaridor yoʻq boʻlsa sotuvchi ne qilsin? Sotuvchi yoʻq boʻlsa ― xaridor.
  • Yaxshi odam tezda boyib ketmaydi.
  • Yaxshi soʻz ― asal, yomon soʻz ― kasal.
  • Yaxshilik qilgan yaxshilik topadi, yomonlik qilgan ― yomonlik.
  • Yigʻlasa onam yigʻlar, qolganlar yolgʻon yigʻlar.
  • Yolgʻiz farzand ― dushmandan battar.
  • Yolgʻiz farzand ― farzand emas, qoʻsh farzand ― farzand.
  • Yomon xabar ― uzun oyoq, gʻiybatchi ― uzun quloq.
  • Yomon xabarning qanoti bor, xushxabarning ― oyogʻi oqsoq.
  • Yosh oʻsadi, qari qoladi.
  • Yugurgan ham, quvgan ham Xudo deydi.
  • Yuzi goʻzal goʻzal emas, sevimli boʻlgani goʻzal.
  • Oʻnta hunarni chala bilgandan bittasini toʻliq oʻrgan.
  • Oʻt qayerga tushsa, oʻsha yerni kuydiradi.
  • Oʻzga bogʻdagi atirguldan bogʻingdagi tikan afzal.
  • Chiroy ― koʻz uchun, aql ― qalb uchun.
  • Choʻponga boʻri kerak emas.

Manbalar

[tahrirlash]