Muhammad Zehniy
Qiyofa
Muhammad Zehniy | |
Vikipediyadagi maqola |
Muhammad Zehniy – turk olimi, alloma.
A B D E F G H I J K L M N O P Q R S T U V X Y Z Oʻ Gʻ Sh Ch Ng |
Iqtiboslar
[tahrirlash]A
[tahrirlash]- Aqlli dushman nodon doʻstdan yaxshi. Imtihondan kishi yo qadr topadi yo qahr. Kishining toyishi oyogʻini qonatadi, tilning toyishi barcha neʼmatdan mahrum etadi. Dushmanning soʻziga ishonib ish tutuvchining holi taajjublidir. Dushman hech qachon yaxshilikni ravo koʻrmaydi[1].
- Aytadilar:
— Aqlli odam yetti xil kishi bilan oʻzaro maslahatlashmaydi. Ular nodon, dushman, hasadchi, yolgʻonchi, qoʻrqoq, baxil, nafsiga berilgan kishilardir. Chunki nodon yoʻldan adashtiradi:
Har kishi oʻz aqlidan ogoh boʻlar,
Oʻzidan gumrohligi gumroh boʻlar!
Dushmaning sening zarar topishingni oʻylaydi:
Har kishi oʻz dushmanini kuchsiz sanar,
Bir kuni kuchli ziyonidan yonar!
Hasadchi bor-budingdan ajralishingni istaydi:
Kim hasad qilsa birovning moliga,
Oxiri boʻlgay aning voy holiga!
Yolgʻonchi fikringni buzib koʻrsatadi:
Kimki yolgʻon soʻzlasa rizqi ketar,
Bir kuni yolgʻon soʻzi boshga yetar!
Qoʻrqoq dadillikdan qaytaradi. Baxil boylik toʻplashga xirsmand boʻladi va undan birovga foyda yetmaydi:
Molu koling aslida dushman erur,
Zohiran boqsang necha ravshan erur!
Nafsiga berilgan kishi hoyu havasning asiri boʻlib, nafs domidan qutulishga kuchi yetmaydi:
Mehnating birla nafsga ber jazo,
Qilmasin toki baloga mubtalo![1] - Aytdilar:
— Fazilat nasl-u nasab bilan emas, balki odob bilan topiladi[1].
B
[tahrirlash]- Baxil kishi oʻz mol-mulkining qorovuli va oʻzgalarga qoldiradigan merosning xazinachisidir[2].
- Baʼzi soʻz qilichdan oʻtkir boʻladi[1].
- Bir kuni xalifa Maʼmun odob bilan soʻzlayotgan bir boladan: „Kimning oʻgʻlisan?“ deb soʻradi. Bola: „Odobning oʻgʻliman“, deb javob berdi. Bu javobni eshitgan Maʼmun: „Qanday chiroyli otang bor ekan-a“, deb unga tahsin oʻqidi[1].
- Bolalar oʻz otalaridan meros qilib oladigan uch afzal narsa bor: xushmuomalalilik, odob va sadoqat[2].
- Boylikning yaxshisi haloldan topilgani va savobli ishlar uchun sarf etilganidir. Boylikning yomoni haromdan topilgani va harom ishlar uchun sarf etilganidir[2].
D
[tahrirlash]- Dushmandan ehtiyot boʻluvchi zaif kishi kuchiga magʻrur boʻlgan kuchli kishiga nisbatan salomatlikka yaqin boʻladi[1].
H
[tahrirlash]- Hakimlar aytadi:
— Quvvating yetmagan ishga qoʻl urma, foydasiz ishlarga urinma, mol-u davlating qanchalik koʻp boʻlsa-da, unga ishonib ish tutma![1] - Hakimlar aytadi:
— Vaʼdaga vafo qilmaydigan kishini yaxshi koʻrishdan koʻra xavfliroq va yaxshilik qilsang bilmaydigan odamga yaxshilik qilishdan koʻra ziyonliroq narsa yoʻq![1] - Haqiqiy inson hamisha ilm va hunar olishga intiladi. Ilm bir daraxt boʻlsa, odob uning mevasidir. Odobsiz olim mevasiz daraxtdir[1].
- Hakimlardan baʼzisi shunday deydi: „Koʻpchilik senga, yomonsan desa, demak yomonsan, agar yaxshisan desa, demak yaxshisan“[1].
I
[tahrirlash]- Insonning haqiqiy qimmati uning ilmi va shu ilmiga qilgan amali orqali bilinadi. Demak, inson haqiqiy qimmatga ega boʻlishi uchun ilm oʻrganishi va odobli boʻlishi zarur![1]
- Ishga kirishish oʻylanib oʻtirgandan yaxshi, gʻaflatda qolish esa kuchli dushmandan battar![1]
J
[tahrirlash]- Javobga shoshilgan kishi xatoga yoʻl qoʻyadi[2].
- Jim turib salomat boʻlish, gapirib malomatga qolishdan afzal[1].
K
[tahrirlash]- Kimki maslahatlashib ish tutsa, hech qachon pushaymon boʻlmaydi. Kimki tejamkorlik bilan oʻrtacha yoʻl tutsa, hech vaqt kambagʻal boʻlmaydi[1].
- Kimki yoshligida ilm oʻrganmasa, qariganda hurmat topolmaydi[1].
- Kimki oʻz fikriga magʻrurlanib ish tutsa, yoʻldan adashadi. Kimki oʻz aqliga suyanib, oʻzgalar bilan hisoblashmasa, xorlik tortadi[2].
- Kimki oʻz haddini bilsa, tilini saqlasa, behuda soʻzlardan qochsa, doʻstlarini xijolatga solmasa, uning salomatligi doimiy va pushaymonligi esa kam boʻladi[1].
- Kishidan hayo ketsa, tezdagina balo yetib keladi[2].
- Kishining toyishi oyogʻini qonatadi, tilning toyishi barcha neʼmatdan mahrum etadi[2].
- Koʻp gapirishdan saqlan, chunki koʻp gapirsang, yashirin sirlaring va ayblaring oʻz-oʻzidan ochilib qoladi, jim yetgan dushmanlaring esa xatoyingdan foydalanib qoladilar![1]
M
[tahrirlash]- Mashhur Yunon ismli hakimning oldida bir kishi: „Inson uchun oʻz orzusiga yetishdan buyuk saodat yoʻq!“ deb qoldi. Shunda Yunon unga: „Oz-koʻpga qanoat qilib yashashdan koʻra buyukroq baxt yoʻq!“ deb javob berdi[1].
- Muloyimlik – rizq sari yetaklovchi kalit![1]
N
[tahrirlash]- Nodonlik oʻrgatilmagan hayvonga oʻxshaydi. Kimki unga minsa xor qiladi va kimki unga yaqinlashsa toʻgʻri yoʻlidan ozdiradi. Nodon odam molni, aqlli odam esa fazl-u kamolni qidiradi[1].
- Nodon nodon bilan doʻst boʻlsa, buning aslo taajjubli joyi yoʻq, biroq aqlli kishining nodon bilan hamsuhbat boʻlishi taajjublidir. Chunki har bir narsa oʻziga zid boʻlgan narsadan qochadi. Mos boʻlganlari esa yaqinlashadi[1].
- Nodon odam molni, aqlli odam esa fazlu kamolni qidiradi[2].
O
[tahrirlash]- Odamlarning yaxshirogʻi oʻz qalbida yaxshilikka yoʻl ochgani va yomonlikni hamda ochkoʻzlikni haydab chiqarganidir[2].
- Odamlarning yomoni uzrni qabul qilmaydi, kamchiliklaringni doimo qidiradi, qoqilsang suyamaydi[1].
- Ogʻirchilikda sabr qilish – eng ulugʻ ne’mat[2].
- Oshkora aytilgan taʼna, koʻngilda yashirilgan ginadan yaxshi[1].
P
[tahrirlash]S
[tahrirlash]- Sabrning avvali achchiq, oxiri esa shirin![1]
- Sogʻligʻu yoshliging bor ekan bardam,
Maqsuding muyassar boʻladi har dam.
Shunday yashaginki, ish qilsang biror,
Dushman taʼnasini yeb yurma zinhor![1] - Soʻradilar: „Qanoat nima?“ Aytdi: „Birovlarning qoʻlidagi narsani koʻrib maʼyus boʻlmaslik. Tamagirlikdan qochish, chunki tamagirlik albatta kambagʻallik sari yetaklaydi!“[1]
T
[tahrirlash]- Tutay desang yaxshilar yoʻlin,
Vaʼda qilsang aylagin vafo!
Vaʼda qarzdir har inson uchun
Farzdir qarzni aylamoq ado![1]
X
[tahrirlash]- Xudbin boʻlma, xudbin samarsiz boʻlar,
Hunarbin boʻl, xudbin hunarsiz boʻlar.
Dononing ogʻzidan chiqqan soʻzdir kon,
Osmonu yerdan ham ulkan begumon![1]
Oʻ
[tahrirlash]Sh
[tahrirlash]- Shoshilmay, aql-u tadbir bilan ish tutish maqsadga yetishni tezlashtiradi:
Jom ichra chumoli tushsa bechora,
Xaloskorga kuchmas, kerakdir chora.
Har kimda oʻtkir raʼy va tadbir bordir,
Jang ichra gʻalaba doimo yordir.
Tadbirdan har kimga koʻp najot yetar,
Bahor har daraxtdan vaqtincha ketar[1].
Manbalar
[tahrirlash]- ↑ 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 1,10 1,11 1,12 1,13 1,14 1,15 1,16 1,17 1,18 1,19 1,20 1,21 1,22 1,23 1,24 1,25 1,26 1,27 1,28 1,29 Hamidjon Xomidiy; Mahmud Hasaniy. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997-yil — 251-bet.
- ↑ 2,00 2,01 2,02 2,03 2,04 2,05 2,06 2,07 2,08 2,09 2,10 Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet.