Maxatma Gandi
Qiyofa
| Maxatma Gandi | |
|---|---|
|
| |
| Umumiy maʼlumotlar | |
| Tavalludi |
2-oktyabr 1869 Porbandar |
| Vafoti |
30-yanvar 1948 Gandhi Smriti |
| Qardosh loyihalar | |
Maxatma Gandi (1869-yil 2-oktabr, Gujarot — 1948-yil 30-yanvar, Dehli) — Hindiston milliy-ozodlik harakati rahbarlaridan biri, taniqli mutafakkir.
A
[tahrirlash]- Agar yolgʻonchi boʻlganimda, bolalarni toʻgʻri gapirishga oʻrgatishdagi barcha urinishlarim zoe ketgan boʻlardi. Men oʻzim bilan yonma-yon yashayotgan oʻgʻil va qizlar uchun har doim jonli misol boʻlishim kerakligini tushunib yetdim[1].
- Agar oʻzingni baʼzi oʻrinlarda odobsiz, tarbiyasiz deb his qilsang, shuning oʻzi sening odobli shaxs ekanligingni bildiradi[1].
- Aql har qanday hissiylik sarchashmalarida joylashgan boʻladi[1].
B
[tahrirlash]- Barcha masalalarda har qanday odamning vaʼdasiga ishonsa boʻladi, ammo pul masalasi bundan mustasno[1].
- Bizni muntazam harakatga undovchi ichki turtki mavjud. Bu — qiziquvchanlikdir. Natijani yoki oʻz imkoniyatimizni bilishga bʻlgan qiziqish. Birgina kichik qadam ulkan rejani amalga oshirishi va siz birinchi qadamni hoziroq tashlashingiz mumkin[1].
- Bizning nafsimiz shunchalik kuchliki, uni ham ichkaridan, ham tashqaridan qatʼiy qoidalarga solgan taqdirdagina tiyish mumkin[1].
- Bolalarning ruhiy tarbiyasi ularning jismoniy va aqliy tarbiyasiga qaraganda ancha qiyin ish... Ruhni rivojlantirish — feʼl-atvorini shakllantirish demakdir[1].
- Bolalar orasida boʻlganimda oʻzimni dunyodagi eng baxtli odam deb bilaman[1].
- Bugun biz tashlayotgan qadam kelajakning ibtidosidir[1].
D
[tahrirlash]- Dovyuraklik boshqa yaxshi fazilatlarning oʻsishi uchun albatta zarur. Axir mard boʻlmay turib, adolat izlash yoki muhabbatni ardoqlab asrash mumkinmi?[2][3]
H
[tahrirlash]- Haqiqat yoʻlida, tabiiyki, gʻazab, xudbinlik, nafrat kabi narsalar gʻoyib boʻladi. Aks holda unga erishishning iloji boʻlmaydi[1].
- Hayot ipining uchi Xudoning qoʻlida ekan, nima uchun bu hayotni Unga ishonmaslik kerak[1].
- Hayotingda boʻlishini xohlaydigan eng katta oʻzgarish sen oʻzing boʻlishing kerak[4].
- Hayotni tezlashtirishdan koʻra boshqa muhim ishlar ham bor[5].
J
[tahrirlash]- Jazolashdan koʻra kechirmaklik mardlikdir. Ojiz odam kechirolmaydi. Afv etish kuchlilar fazilatidir[2][6].
K
[tahrirlash]M
[tahrirlash]- Men umrim davomida ixlosmandlarimga qaraganda tanqidchi doʻstlarimdan, ayniqsa ularning tanqidi muloyim va doʻstona suxan bilan izhor etilganida koʻproq foyda olganman[2][8].
- Modomiki men jamoat xizmatiga boshim bilan shoʻngʻib ketgan ekanman, buning sababi mening oʻzimni anglashga boʻlgan intilishimdan iborat edi[1].
- Muhammad paygʻambarning gʻoyat dilbar inson ekanligini bilib, hayratdan yoqa ushladim[1].
N
[tahrirlash]- Nafratsiz biron narsadan voz kechish uzoqqa bormaydi[1].
- Notinchlikda tinchlikka erishib boʻlmaydi. Tinchlikni asrash qushqoʻnmas tikanaklari orasidan mevasini terish degani. Men bu masalaga qanchalik chuqur yondashsam, ich-ichimda qatʼiy bir xulosa tugʻiladi: “Tinchlikni asrash — bosh insoniy burch![1]
O
[tahrirlash]- Odamlar orasida yursang-u, sendan axloq atirining xushboʻy hidi taralib tursa, qanday chiroyli![1]
- Odam tayyorgarlikni hayotining soʻnggi pogʻonasiga tashlab qoʻyar ekan, u oʻzini oʻzi anglash darajasiga yetmaydi, balki shunday bir keksalikka yetishadiki, bu keksalik ikkinchi, ammo endi achinarli bir bolalik bilan teng boʻlib, u atrofdagilar uchun malollik keltirishdan boshqa narsaga arzimaydi[1].
- Ojizlar kechirishni bilishmaydi. Kechira olish — kuchlilarga xos fazilat. Kechirimlilik — ruhiy kamolot belgisi[1].
Q
[tahrirlash]- Qandaydir sitam yetsa, bu bizning gunohlarimiz uchun berilgan jazo ekani haqidagi fikr meni gʻazabga minishdan saqlab turardi[1].
- Quyoshning yoki oyning goʻzalligiga mahliyo boʻlganimda, qalbimdan Yaratganga shukronalar aytaman[9].
- Qoʻrqoq sevgi izhor qilolmaydi, bu mard kishining ishi[2].
S
[tahrirlash]- Sen dunyoni qanday koʻrishni xohlasang, shunga koʻra, avvalo oʻzing oʻzgar[1].
- Sivilizatsiya soʻzining tom maʼnasi ehtiyojlarning kuchayishi emas, balki oʻz xohishlarini ixtiyoriy va yaxshi oʻylagan holda tiyishdan iboratdir[10].
- Sizning eʼtiqodingiz — sizdagi oʻy-xayollarning poydevoridir. Siz gapirayotgan gap — kechinmalarning mevasi va mavridi kelib, bu soʻzlar muntazam harakatga, harakatimiz doimiy odatga aylanadi. Bizning qadr-qimmatimiz odatlarimizga koʻra belgilanadi. Qadr-qimmatimiz esa taqdirimizga aylanadi[1].
T
[tahrirlash]- Tinchlik — bu tinchlik uchun mukofot[1].
- Tinchlikning zafarlari urushning gʻalabasidan shavkatlidir[1].
- Toʻgʻri, men bolaligimdanoq zehnli va aqlli edim, oʻqishda ham mening oldimga tushadigani yoʻq edi, ammo oʻzim toʻgʻrimda maqtov soʻzlar aytish axloqimga toʻgʻri kelmasdi. Zero, hayotda erishgan katta-kichik muvaffaqiyatlarim-u siyosiy gʻalabalarim bejiz qoʻlga kiritilmaganini oʻquvchilarim oʻzlari anglab olishlariga toʻliq ishonaman[1].
Sh
[tahrirlash]- “Shuncha yoʻldan Angliyadek mamlakatga kelar ekansiz, sal durustroq kiyinib olsangiz boʻlmasmidi?” degan savolga Gandi:
— “Men ona Hindistonimning jonli timsoliman, sizlar ikki yuz yildan beri talayverib, diyorimni shu holga soldingiz”, deb javob beradi[1].
Oʻ
[tahrirlash]- Oʻzimiz topshirmasak, hech kim bizdan oʻz-oʻzimizni hurmat qilish hissini tortib ololmaydi[11].
- Oʻz tilini idora qilolmagan odamda haqiqat boʻlmaydi[2][12].
Manbalar
[tahrirlash]- ↑ 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 1,10 1,11 1,12 1,13 1,14 1,15 1,16 1,17 1,18 1,19 1,20 1,21 1,22 1,23 1,24 1,25 Xurshid Davron kutubxonasi
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet.
- ↑ Tursun 2006, s. 107.
- ↑ Robin Sharma. Eng sara asarlari, Oʻlsang kim yigʻlaydi?, Toshkent: "ILM-ZIYO-ZAKOVAT" nashriyoti, 2019 — 512-bet.
- ↑ Brayan Treysi. Samaradorlikning 21 yoʻli. Toshkent: Asaxiy books, 2020 — 92-bet.
- ↑ Tursun 2006, s. 106.
- ↑ Tursun 2006, s. 110.
- ↑ Tursun 2006, s. 171.
- ↑ Robin Sharma. Eng sara asarlari, Ferrari sotgan rohib, Toshkent: "ILM-ZIYO-ZAKOVAT" nashriyoti, 2019 — 512-bet.
- ↑ Voronsov 1989, s. 27.
- ↑ Stiven Kovi. Muvaffaqiyatli insonlarning 7 koʻnikmasi, Orifaxon Gʻulomova tarjimasi (Oʻzbek), Toshkent: "QAQNUS MEDIA" nashriyoti [1989], 2020 — 380-bet.
- ↑ Tursun 2006, s. 148.
Adabiyotlar
[tahrirlash]- Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet.
- Voronsov, Vladimir. Tafakkur gulshani, Sharifa Abdurazzoqova tarjimasi, Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1989 — 464-bet. ISBN 5-635-00915-X.
