Kontent qismiga oʻtish

Abu Ali Fuzayl ibn Iyoz

Vikiiqtibosdan olingan
Abu Ali Fuzayl ibn Iyoz
Vikipediyadagi maqola

Abu Ali Fuzayl ibn Iyoz (719-yil — 803-yil) – zohid, muhaddis va mutasavvif.



  • Agar dunyo halol boʻlsa ham va oxiratda hisob soʻralmasa ham, bordi-yu menga berilsaydi, siz najasotdan qanday jirkansangiz, men ham dunyodan shunday jirkanardim[1].
  • Allohning ismi zikr qilinadigan uy qorongʻi uydagilarga chiroq qanday nur bersa, osmon ahliga shunday yorugʻlik beradi. Allohning ismi zikr qilinmaydigan uy oʻz ahliga qorongʻilik qiladi[1][2].
  • Allohning roziligiga eng loyiq insonlar Alloh azza va jallani tanigan maʼrifat ahllaridir[3].
  • Alloh taqvodor bandalariga doimo rizq-nasiba inʼom etgani uchun ularning rizqlari tuganmasdir[4].
  • Aqllilar bilan bahslashib tortishmoq — aqlsizlar bilan birgalashib shirin taom yemakdan ming chandon yaxshiroq va foydaliroq[1].
  • Badbaxtning nishonasi besh narsadir: koʻngli qattiq boʻlmoq, koʻzi yoshsiz boʻlmoq, besharm va behayo boʻlmoq, dunyoga moyil boʻlmoq, umidsiz boʻlmoq[1].
  • Bir amalni odamlar uchun tark qilish — riyo, odamlar uchun qilish esa — shirkdir. Lekin kimning ibodati yolgʻizlikda xushuʼliroq boʻlsa, mana shu joiz va mahbubdir[4].
  • Dunyoda hech bir narsa yoʻqki, sendan ilgari uning egasi boʻlmagan boʻlsin. Yana hech bir narsa yoʻqki, sendan keyin egasi boʻlmasin[1].
  • Dunyo hayotining masʼuliyatsiz, iflos va gʻayriaxloqiy yoʻrigʻiga kirish oson, lekin chiqish qiyin[1].
  • Dunyo molining sarmoyasi havoyi nafsdir. Topgani esa jahannam otashidir[1].
  • Fikrlamoq bir oynadir, senga yaxshi va yomon amallaringni koʻrsatadi[1].
  • Odamlarga odamlarning yoqimlirogʻi odamlardan behojat boʻlgani va ulardan hech narsa soʻramaydiganidir. Odamlarga odamlarning yoqmaydigani ularga muhtoj boʻlganidir. Alloh uchun odamlarning suyumlirogʻi Allohga muhtoj boʻlgani va Undan soʻragani, Allohga odamlarning yomonrogʻi Undan behojat boʻlgani va hech narsa soʻramaganidir[1][8].
  • Qarindosh-urugʻ va doʻstlarning xato-ayblarini kechirish — muruvvat va oliyhimmatlilik belgisidir[1].

Manbalar

[tahrirlash]
  1. 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 1,10 1,11 1,12 1,13 1,14 1,15 1,16 1,17 Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet. 
  2. Tursun 2006, s. 46.
  3. Tursun 2006, s. 38.
  4. 4,0 4,1 4,2 Tursun 2006, s. 55.
  5. Tursun 2006, s. 43.
  6. Tursun 2006, s. 47.
  7. 7,0 7,1 Anvar Ahmad. Saodatga yetaklovchi hikmatlar, (birinchi kitob), Toshkent: “Sano-standart” nashriyoti, 2018 — 320-bet. 
  8. Tursun 2006, s. 33.
  9. Tursun 2006, s. 45.
  10. Tursun 2006, s. 22.

Adabiyotlar

[tahrirlash]
  • Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet.