Kontent qismiga oʻtish

Husayn Voiz Koshifiy

Vikiiqtibosdan olingan
Husayn Voiz Koshifiy
Vikipediyadagi maqola
Vikimanbadagi asarlar
Vikiombordagi fayllar

Husayn Voiz Koshifiy (asl ismi Kamoliddin; laqabi Voiz)(taxminan 1442/46-yil, Sabzavor qishlogi – 1505-yil, Hirot) — notiqlik sanati namoyandasi va nazariyotchisi, mutafakkir, ilohiyotchi olim.



Iqtiboslar

[tahrirlash]
  • Agar adolat himoya qilinmasa, zaif va kuchli odamlar yo‘qolib ketadi. Modomiki, zaiflar qirilib ketar ekan, kuchlilar ham omon qolmaydi. Chunki kishilarning turmushi bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq. Xullasi kalom, xalqning ahvoli adolatsiz yaxshilanmaydi[1].
  • Agar oradan sharm-u hayo ko‘tarilsa va kishi kishidan uyalmasa, olam nizomiga xalal yetadi[1].
  • Amalda qo‘llanilmaydigan bilim jonsiz tanaga o‘xshaydi. Bilim daraxtdir, amal esa — uning mevasi... Hosil bermaydigan shox nosog‘lom bo‘ladi[1].
  • Go‘zal fe’l-atvorning nishonasi o‘n narsadir: birinchi nishonasi — yaxshilik, ikkinchi — insofli bo‘lish, uchinchi — boshqa odamdan ayb qidirmaslik, to‘rtinchi — biror kishida nojo‘ya harakat ko‘rsa, uni yaxshi yo‘lga boshlash, beshinchi — bir odam o‘z aybiga iqror bo‘lib uzr aytsa, uzrini qabul qilish, oltinchi — boshqalar uchun mashaqqatni o‘z ustiga olish, yettinchi — faqat o‘z manfaatinigina ko‘zlamaslik, sakkizinchi — ochiq yuzli, shirin so‘zli bo‘lish, to‘qqizinchi — muhtojlarning hojatini chiqarish, o‘ninchi — muloyim va tavoze’li bo‘lishdir[1].
  • Hamma kishilar aqlga muhtojdirlar, aql esa amaliyotga, ish-harakatga ehtiyoj sezadi. Shuning uchun ham amaliyotni aqlning oynasi, deyishadi[1].
  • Hayo va andisha dunyoda tartib saqlashning muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Hayo yo‘qolsa, hech kimda vijdon ham qolmaydi. (U holda) dunyoda tartib buziladi. Kishilar bir-biriga befarq qaraydigan bo‘ladilar[1].
  • Jiddu jahd — serharakatlilik, g‘ayrat va matonat bilan bir ishga kirishmoqlikdir. Bu sifat eng go‘zal sifatlardan bo‘lib, himmatga tobe’dir[1].
  • Takabburga salom berma, salomga javob qaytarishi unga og‘irlik qiladi, javob bermagani esa senga og‘ir tuyuladi[1].
  • Takabburlik kaltabinlar va insoniylik tariqidan chiqqanlarning xislatidir[1].
  • To‘rt narsa saodat dalilidir: to‘g‘ri so‘z, tavoze’, halol kasb-hunar, sir saqlash[1].
  • Rostgo‘ylik oxirat kunida najotga muyassar qilur[1].
  • Sabr bilan ishlar bitar,
    Shoshqaloqlik boshga yetar[1].
  • Yaxshilar bilan hamsuhbat bo‘lish va donolar bilan muloqot qilish saodatga eltadi[1].
  • Yaxshi qiliq, go‘zal muomala bir yo‘ldirki, u yo‘l bilan yurmasdan turib, izzat va sharaf manziliga yetib bo‘lmaydi. U yo‘lga qadam bosmasdan turib, vujud yukini hayvoniyat biyobonidan insoniyat dorilmulkiga eltib bo‘lmaydi[1].
  • Yomonlik butun nuqsonlar majmuidir[1].

Manbalar

[tahrirlash]
  1. 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 1,10 1,11 1,12 1,13 1,14 1,15 1,16 1,17 1,18 Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet.