Kontent qismiga oʻtish

Umar

Vikiiqtibosdan olingan
Umar

Umumiy maʼlumotlar
Tavalludi 586
Makka
Vafoti 3-noyabr 644
Madina
Qardosh loyihalar

Umar ibn Xattob (tax. 584-yil – 644-yil) – dastlabki toʻrt xalifadan ikkinchisi (hukmronlik yillari 634–644-yillar).

Alifbo tartibi boʻyicha:
A · B · D · E · F · G · H · I · J · K · L · M · N · O · P · Q · R · S · T · U · V · X · Y · Z · · · Sh · Ch · ng · Yana qarang · Havolalar

  • Eʼtiqodingizga koʻra yashamayotgan boʻlsangiz, yashayotganingiz kabi eʼtiqod qila boshlaysiz[1][14].
  • Ey insonlar, ilm oʻrganinglar. Alloh taoloning huzurida Uning oʻzi sevgan bir libos boʻlib, ilmning bir bobini oʻrgangan kishiga oʻsha libosni kiygizadi. Agar olim bir gunoh qilsa, libos undan olinmasligi uchun uch marta tanbeh beradi. Garchi bu gunohi vafotigacha davom etsa ham (libos yechib olinmay, tanbeh berilaveradi)[1][15].
  • Eng johil inson oxiratini birovning dunyosi uchun sotgan kishidir[1][16].
  • Fojirlar bilan hamsuhbat boʻlma, ularning fujurlaridan oʻrganasan[1][4].
  • Foydasiz narsaga urinma[1][17].
  • Hamma ishlar – niyatlarga yarasha.
  • Haqdan ayrilmangki, sizga haq egalarining joyi koʻrsatilgan. Har doim faqat haqiqat bilan hukm eting[1][20].
  • Hisob-kitob qilinmasdan oldin oʻzlaringni sarhisob qilib olinglar, tarozuda tortilmasdan oldin amallaringni tortib koʻringlar va hech bir amalingiz xufya qolmaydigan ulugʻ uchrashuvga tayyorlaninglar[1][21].
  • Kim Allohdan qoʻrqsa, Alloh uni saqlaydi. Kim Allohga tavakkal qilsa, Alloh unga kifoyadir. Kim Allohga shukr etsa, U unga ziyoda qiladi. Kim Allohga qarz bersa, unga ajrini ato etadi[1][9].
  • Kim bir hadisni aytsa, keyin unga odamlar amal qilishsa, uni aytgan odamga amal qilgan kishining ajri barobarida savob beriladi[1][24].
  • Kimki Allohdan qoʻrqsa (taqvo qilsa), Alloh uni saqlaydi. Kim Allohdan umid qilsa, Alloh uni noumid qilmaydi. Kimki Alloh yoʻlida ehson qilsa, Alloh uning oʻrnini toʻldiradi. Shuning uchun taqvoni qalbing tayanchi, diydang jilosi qil! Zero, niyatsizning amali, ezgusizning ajri boʻlmas![1][25].
  • Kim oʻzini tuhmat qilinadigan oʻrinda koʻrsatsa, unga nisbatan yomon gumon qiladiganlarni malomat etmasin[1][26].
  • Kim oʻz sirini berkitsa, yaxshilik uning qoʻlidadir[1][8].
  • Kunduzlari roʻzador, kechalari qoyim (bedor) boʻlgan mingta obidning oʻlimi halol-haromni ajrata oluvchi bir olimning oʻlimidan yengilroqdir[1][24].
  • Xotinlarga itoat etmang. Ularga qarshilik qilib turmasangiz, uydan baraka ketadi[1].
  • Yolgʻon qasam ichishni yengil sanama, uning sababidan Alloh seni halok qilur[1][36].
  • Yomon avomga aralashishdan koʻra uzlatda rohat bor![37].
  • Oʻzingga doimo rost soʻzlarni ixtiyor qil, agar-da seni rostlik oʻldirsa ham[1][38].
  • Oʻzingga sodiq doʻstlar tanla, ular panohida yashaysan, chunki ular kengchilikda ziynat, qiyinchilikda qalqondirlar[1][39].

Manbalar

[tahrirlash]
  1. 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 1,10 1,11 1,12 1,13 1,14 1,15 1,16 1,17 1,18 1,19 1,20 1,21 1,22 1,23 1,24 1,25 1,26 1,27 1,28 1,29 1,30 1,31 1,32 1,33 1,34 1,35 1,36 1,37 1,38 1,39 1,40 1,41 1,42 1,43 1,44 1,45 1,46 1,47 Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet. 
  2. Tursun 2006, s. 18.
  3. Tursun 2006, s. 149.
  4. 4,0 4,1 Tursun 2006, s. 126.
  5. Tursun 2006, s. 139.
  6. 6,0 6,1 Tursun 2006, s. 81.
  7. Tursun 2006, s. 47.
  8. 8,0 8,1 Tursun 2006, s. 134.
  9. 9,0 9,1 Tursun 2006, s. 49.
  10. Tursun 2006, s. 50.
  11. 11,0 11,1 Tursun 2006, s. 70.
  12. 12,0 12,1 Tursun 2006, s. 168.
  13. Tursun 2006, s. 170.
  14. Tursun 2006, s. 24.
  15. Tursun 2006, s. 13.
  16. Tursun 2006, s. 80.
  17. Tursun 2006, s. 128.
  18. 18,0 18,1 Tursun 2006, s. 48.
  19. 19,0 19,1 Tursun 2006, s. 23.
  20. Tursun 2006, s. 36.
  21. Tursun 2006, ss. 46–47.
  22. 22,0 22,1 Tursun 2006, s. 152.
  23. Tursun 2006, s. 34.
  24. 24,0 24,1 Tursun 2006, s. 16.
  25. Tursun 2006, s. 41.
  26. Tursun 2006, s. 135.
  27. Tursun 2006, s. 59.
  28. Tursun 2006, s. 78.
  29. Tursun 2006, s. 92.
  30. Tursun 2006, s. 17.
  31. Tursun 2006, s. 110.
  32. Tursun 2006, s. 25.
  33. Tursun 2006, s. 157.
  34. Tursun 2006, s. 155.
  35. Tursun 2006, s. 167.
  36. Tursun 2006, s. 146.
  37. Anvar Ahmad. Saodatga yetaklovchi hikmatlar, (birinchi kitob), Toshkent: “Sano-standart” nashriyoti, 2018 — 320-bet. 
  38. Tursun 2006, s. 141.
  39. Tursun 2006, ss. 168–169.

Adabiyotlar

[tahrirlash]
  • Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet.