Saʼdiy Sheroziy
Qiyofa
| Saʼdiy Sheroziy | |
|---|---|
|
| |
| Umumiy maʼlumotlar | |
| Tavalludi |
1210 Sheroz |
| Vafoti |
9-dekabr 1292 Sheroz |
| Qardosh loyihalar | |
Saʼdiy Sheroziy (1210-yil; 1291 yoki 1292-yil) – forsigoʻy shoir, adib va mutafakkir.
A
[tahrirlash]- Agarda muallim boʻlsa beozor,
Darsxonani qilgay bolalar bozor[1][2]. - Agar tarbiyat koʻrmasa odam,
Eshak boʻlib qolur yuzga kirsa ham[1][3]. - Agar oqil odam nodonlar gurungiga tushib qolsa, ulardan izzat-ikrom kutmasin, agar nodon bemaʼni kalomi bilan oqilni yengsa, buning hech ajablanadigan joyi yoʻq, zero yoqutni tosh ham sindirishi mumkin[1][4].
- Agar qaysi yerda gʻarib xoʻrlansa, oʻsha mamlakat tezda vayron boʻlur[1][5].
- Ayb izlash boʻlarkan tabiati, bas,
Tovus oyogʻidan oʻzgasini koʻrmas[1].
B
[tahrirlash]- Barchaning joniga tegar darajada shafqatsiz va uchragan kimsa seni turtib ketar darajada yuvvosh boʻlma[1][6].
- Bekitikcha soʻzni aytib boʻlmaydi,
Har majlisda aytib, qaytib boʻlmaydi[1][7]. - Bemuruvvat erkak – ayolga, taʼmagir obid – qaroqchiga oʻxshaydi[1][8].
- Bechora eshakki betamizdir,
Yuk koʻtargani uchun azizdir[1][9]. - Bir qora chaqaga choʻzilsa qoʻlim,
Bir yarim tangaga kesilgani soz[1][10]. - Bir cholga yoʻliqib Yunon yurtida,
Dedim, ey oqilu, zukko-yu, hushlik,
Insonga nima ish yaxshidir?
Dedi: „Xomushlik, xomushlik, yana xomushlik!“[11] - Boshqalar moliga koʻngil qoʻymagil,
Soʻngra koʻngil uzmoq juda ham mushkul[12]. - Bu sham boshqa bir shamni yoqishi bilan nuridan hech narsa kamaymaydi[1][13].
D
[tahrirlash]- Diling kuymasin noumidlik bilan,
Yorugʻ kun tugʻilgay qaro kechadan[1][6]. - Dil oromi – yaxshi boʻlsa gar xotin,
Yomon boʻlsa, undan Xudo asrasin[1]. - Donishmand — baqqolning doʻkoniga oʻxshaydi: borini indamaygina koʻrsatadi-qoʻyadi, nodon esa lashkar nogʻorasining oʻzi: ovozi baland-u ichi boʻm-boʻsh va gʻarib[1][14].
- Donishmandlar: „Oʻz gʻarazi, manfaatinigina koʻzlagan odam qarindosh, xesh-aqrabo emasdir“, deganlar[1][15].
- Dunyodagi barcha neʼmatlardan faqat yaxshi nom qoladi, hatto shuni ham qoldirolmagan odam baxtsizdir[1][16].
- Dushmanlikdan emas chayon chaqishi,
Shunday tabiati, feʼlin xohishi[1][17].
E
[tahrirlash]G
[tahrirlash]H
[tahrirlash]- Haddan oshgan gʻazab qoʻrquv tugʻdirar, meʼyorsiz erkalash olomon koʻz oʻngida obroʻyingni toʻkur[1].
- Hamrohini mushkul yoʻlda tashlab ketgan odam hech yerda halovat topmaydi[1][20].
- Har narsaga bogʻlama koʻngil,
Koʻngil uzmoq juda ham mushkul[1][21]. - Har neki bebaqodir, koʻngil bermak xatodir[1][22].
I
[tahrirlash]- Ikki kishi besamar ish qilgan va benaf tashvish chekkan: biri – boylik toʻplab, foydalana bilmagan va ikkinchisi – ilm oʻrganib, unga amal qilmagan[1][23].
- Ilgari tashqi koʻrinishi betartib, lekin ichki dunyosi chiroyli insonlar bor edi. Hozirgi insonlar esa tashqi koʻrinishi chiroyli, ichki dunyosi betartib[24].
- Istamay mutolaa qilayotgan talaba – qanotsiz qush[1][25].
J
[tahrirlash]K
[tahrirlash]- Kim agar oʻsibdi noz-u neʼmatda,
Holi ogʻir boʻlar, qolsa kulfatda[1][27]. - Kim mehr koʻrgazdi yirtqich boʻriga,
Sitam-la shoʻr qoʻshdi qoʻyning shoʻriga[1][28]. - Kim yovuzlik urugʻini sepsa, pushaymonlik yigʻar[1][29].
- Kitobi yoʻq olim – mevasiz daraxt[1][23].
- Koʻcha sevgisi uyni barbod etar,
Uyingni xotin mehri obod etar[1].
M
[tahrirlash]- Mardlik kuchda va shamshir oʻynatish sanʼatida emas, mardlik oʻzni tuta bilishda va adolatli boʻlishdadir[1][30].
- Mazlumlar dilini ogʻritma bir zum,
Balki bir kun oʻzing boʻlasan mazlum[1][28].
N
[tahrirlash]- Nechun soʻzlay, soʻzlamagan yaxshi on,
Ogʻizda til boshga erur posbon[1][7]. - Nodonning idroki – indamaslikda. Agar nodon buni tushunib yetsa, uning yarim dono boʻlgani shudir[1][31].
- Nokasga yoʻl koʻrgazmoq – goʻrga chiroq tutmoqdir[1][32].
- Nuqsoningni doʻstdan soʻrab yurma, u aytmaydi. Yaxshisi dushmanlarning nima deyishini bil[1][33].
O
[tahrirlash]- Odamlar bilan ularning aqliga monand gaplash[1][34].
- Odam tili bilan hayvondan ustun. Ammo tildan nojoiz foydalansa, hayvondan battar![1][35]
- Ovlamoq uchun bir koʻngilni nuqul,
Boshqasiga ozor bermoq nomaʼqul[1][5].
Q
[tahrirlash]- Qanoat kishini qudratli qilur[1][36].
- Qarilik hayot gullarini soʻlitib, nishlarini oʻtkirroq qiladi[1][37].
- Qozi besh bodiring yesa gar pora,
Yuz poliz hukmiga topadi chora[1][38]. - Qoʻlda tosh boʻlsa-yu tosh uzra ilon,
Jinoyat boʻladi urmasang shu on[1][13].
S
[tahrirlash]- Solmagin zaiflar diliga alam,
Zoʻrroqning jabriga yoʻliqma sen ham[1][39]. - Soʻzlagan vaqtimda ogʻzimdan beixtiyor yaramas, boʻlmagʻur soʻzlar ham chiqishi mumkin. Dushman esa ogʻzimdan chiqqan yomon soʻzlarnigina terib oladi. Chunki dushmanning nazari yomondan boʻlakka tushmaydi[1].
T
[tahrirlash]- Taʼmagir koʻz dunyo moliga toʻymas,
Xuddi toʻlmaganidek shabnamga quduq[1][40]. - Tani tuproqda-yu dil boʻlsa uygʻoq,
Tirik murda dildan oʻsha yaxshiroq[1][41][18].
X
[tahrirlash]- Xato, ayblari yuziga aytilmagan kishi xatolarini hunar, deb oʻylaydi[1][42].
- Xoʻkizlar gunoh qilsa har qachon,
Poda sohibi toʻlaydi tovon[1][43].
Y
[tahrirlash]- Yaxshiga yaxshi boʻl, yomonga yomon,
Gulga gul boʻlgin-u, tikonga tikon[1][34]. - Yaxshilar ketidan agar choparsan,
Istaging, baxtingni shunda toparsan[1][34]. - Yigitlar uchun — sharm-hayo va bahodirlik, keksalar uchun — sabr va maʼrifat yaxshiroqdir[1][44].
- Yolgʻon beviqor qilur odamni,
Yolgʻon sharmisor qilur odamni[1][45]. - Yomon ham oʻtar, yaxshi ham – yaxshi bil,
Seni yaxshi nom birla yod etsin el[1][43]. - Yosh xotinning biqinida chol yotgandan koʻra shu biqinga kamon oʻqi botgani yaxshi[1].
Z
[tahrirlash]Oʻ
[tahrirlash]- Oʻtirgil ochu bechora, yalongʻoch,
Vale nokasga aslo boʻlma muhtoj[47]. - Oʻzgalar gʻamini chekmasa odam,
Anga noloyiqdir inson, degan nom[1][48]. - Oʻzingdan kuchsizlarning dillarini ogʻritma, ularga jabr-u jafo qilma, bir kun oʻzingdan kuchliroqning jabriga yoʻliqasan[1][49].
- Oʻzing topib yegan sirka-yu piyoz,
Oqsoqolning non-u barrasidan soz[1][50]. - Oʻz toʻningga agar solsang yuz yamoq,
Oʻzga toʻnin soʻragandan yaxshiroq[1][51].
Gʻ
[tahrirlash]- Gʻanimning yolgʻoniga, laganbardorning shirin suxaniga uchma. Birinchisi ayyorlik toʻrini tashlagan, ikkinchisi esa yovuz jigʻildonini ochib turibdi[1][45].
- Gʻanim soʻziga kirish — xatolik, ammo unga teskari ish tutmoq uchun uni tinglamoq darkor. Bu — chinakam haq yoʻldir[1][20].
- Gʻazab oʻti oldin egasini yondiradi, keyin uchquni dushmanlariga yo yetadi, yo yetmaydi[1].
Sh
[tahrirlash]- Shirin boʻlsa ham, qand kasalga zarar,
Davo boʻlgay achchiq, taxir dorilar[1][52]. - Shohlar havosiga xilof boʻlsa hech,
Rost gapni ham aytma, bu havasdan kech[1][53].
Manbalar
[tahrirlash]- ↑ 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 1,10 1,11 1,12 1,13 1,14 1,15 1,16 1,17 1,18 1,19 1,20 1,21 1,22 1,23 1,24 1,25 1,26 1,27 1,28 1,29 1,30 1,31 1,32 1,33 1,34 1,35 1,36 1,37 1,38 1,39 1,40 1,41 1,42 1,43 1,44 1,45 1,46 1,47 1,48 1,49 1,50 1,51 1,52 1,53 1,54 1,55 1,56 1,57 1,58 1,59 1,60 1,61 1,62 1,63 1,64 1,65 Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet.
- ↑ Tursun 2006, s. 7.
- ↑ Tursun 2006, s. 138.
- ↑ Tursun 2006, s. 66.
- ↑ 5,0 5,1 Tursun 2006, s. 107.
- ↑ 6,0 6,1 Tursun 2006, s. 111.
- ↑ 7,0 7,1 Tursun 2006, s. 148.
- ↑ Tursun 2006, s. 44.
- ↑ Tursun 2006, s. 59.
- ↑ Tursun 2006, s. 84.
- ↑ Hamidjon Xomidiy; Mahmud Hasaniy. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997-yil — 251-bet.
- ↑ Tursun 2006, s. 87.
- ↑ 13,0 13,1 Tursun 2006, s. 126.
- ↑ Tursun 2006, s. 65.
- ↑ Tursun 2006, s. 137.
- ↑ Tursun 2006, s. 135.
- ↑ Tursun 2006, s. 168.
- ↑ 18,0 18,1 Tursun 2006, s. 118.
- ↑ Tursun 2006, s. 146.
- ↑ 20,0 20,1 Tursun 2006, s. 165.
- ↑ Tursun 2006, s. 115.
- ↑ Tursun 2006, s. 117.
- ↑ 23,0 23,1 Tursun 2006, s. 8.
- ↑ Sanjar Xoʻja. Hayotimiz kengurulari. Abdugʻafur Iskandar, Sanjar Said: . Toshkent: Muharrir nashriyoti, 2022 — 160-bet.
- ↑ Tursun 2006, s. 6.
- ↑ Tursun 2006, s. 10.
- ↑ Tursun 2006, s. 78.
- ↑ 28,0 28,1 Tursun 2006, s. 110.
- ↑ Tursun 2006, s. 122.
- ↑ Tursun 2006, s. 109.
- ↑ Tursun 2006, s. 64.
- ↑ Tursun 2006, s. 99.
- ↑ Tursun 2006, s. 166.
- ↑ 34,0 34,1 34,2 Tursun 2006, s. 125.
- ↑ Tursun 2006, s. 143.
- ↑ Tursun 2006, s. 89.
- ↑ Tursun 2006, s. 116.
- ↑ Tursun 2006, s. 105.
- ↑ Tursun 2006, s. 106.
- ↑ Tursun 2006, s. 98.
- ↑ Tursun 2006, s. 91.
- ↑ Tursun 2006, s. 142.
- ↑ 43,0 43,1 Tursun 2006, s. 132.
- ↑ Tursun 2006, s. 160.
- ↑ 45,0 45,1 Tursun 2006, s. 147.
- ↑ Tursun 2006, s. 108.
- ↑ Tursun 2006, s. 90.
- ↑ Tursun 2006, s. 127.
- ↑ Tursun 2006, s. 157.
- ↑ Tursun 2006, s. 86.
- ↑ Tursun 2006, s. 103.
- ↑ Tursun 2006, s. 85.
- ↑ Tursun 2006, s. 144.
Adabiyotlar
[tahrirlash]- Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet.