Majdiddin Muhammad
Qiyofa
Majdiddin Muhammad | |
Vikipediyadagi maqola |
Majdiddin Muhammad yoki Xoja Majdiddin Muhammad Xavofiy (? – 1494-yil) – Husayn Boyqaro davlatining yirik mansabdor shaxslaridan biri, vazir (1487–1490-yillar).
A B D E F G H I J K L M N O P Q R S T U V X Y Z Oʻ Gʻ Sh Ch Ng |
Iqtiboslar
[tahrirlash]A
[tahrirlash]- Agar sen ilmning bahosini bilmoqchi boʻlsang, donolardan soʻra. Quyoshning shu’la taratishini koʻzi ravshanlardan soʻra. Nodon sening qancha javohirga egaligingni qayoqdan bilsin, qimmatbaho gavhar qadrini sen bizlardan soʻra![1]
- Aqlli boʻlsang, johil va nodondan hazar qil. Aqalli biroz bilimi bor kishi ulardan albatta yuz chaqirim uzoqlashadi[1].
- Aqlsiz qoʻliga tushganda oyna,
Oʻz ahmoq yuzini koʻrgay hamisha.
Qiziqkim, oʻz yuzini koʻrsa hamki u,
Oʻzganing yuzi deb qilar andisha![2] - Aybingdan xabar topib, uni birovlarga oshkor qilmaydigan, senga yaxshilik qilsa, uni taʼna qilmaydigan, unga yaxshilik qilsang, aslo unutmaydigan odam bilan doʻstlik ipini bogʻlamoq kerak[2].
B
[tahrirlash]- Behuda soʻzlarni soʻz deb boʻlmaydi,
Soʻz ulki, eshitgan olsin bir foyda.
Soʻzlasang, soʻzingni koʻp uzoq qilma,
Malollik yetadi uzaygan joyda![2] - Bir ahmoq kishi yoʻlda ketar edi. Nogoh bir oynaga koʻzi tushdi. Oynaga qarab, oʻz aksini koʻrdi-yu, darhol oʻz joyiga qoʻydi va dedi: „Avf eting, bu oyna sizniki ekanini bilmabman!“[2]
- Bir hakimdan soʻradilar: „Aqlli kishi kim?“ Hakim dedi: „Soʻzni meʼyeri bilan soʻzlagan, hayot qadrini anglagan, butun kuch va qudratini ilm va kamolot hosil qilishga sarflagan kishidir!“[2]
- Bir ishni qilishga odatlangan kishi undan hech qachon voz kecha olmaydi[1].
- Bir kishi bir hakimning ziyoratiga bordi. U behuda soʻzlarni haddan ortiq valdirardi. Soʻng soʻz orasida: „Endi soʻzlashni bas qilay“ dedi. Hakim unga: „Yoʻq, sen soʻz soʻzlaganing yoʻq!“ – dedi[2].
- Bir kishi bir ulugʻ odamdan: „Bir kishi uzoq vaqtdan buyon menga muhabbat izhor qilib, doʻstlik va ixlos daʼvosini urmoqda, uning rost yoki yolgʻon ekanini qanday bilmoq kerak?“ deb soʻradi. Ulugʻ kishi unga: „Yuragangni tubiga boq, agar u yerda doʻstlik uchun joy boʻlsa, doʻstlash!“ dedi[2].
- Birov senga mehr yoʻlini tutsa,
Koʻngling oynasiga boqib, quloq sol.
Agar yuragingda nafrat quzgʻolsa,
Akang boʻlsa hamki undan qochib qol![2]
D
[tahrirlash]- Dono kishining tili uni baxtsizlikdan asraydi. Yaramas kishining tili esa uning boshiga kulfat keltiradi[1].
- Dunyo moli goʻyo bulut soyasi,
U yondan, bu yondan
Oʻtar har zamon!
Shuning uchun molning eʼtibori yoʻq,
Bir onda oʻzgarib qolar nogahon.
Hushyor kishi shunday kishiki, doim,
Topganini elga qiladi ehson![2]
E
[tahrirlash]- Eshitish zarar boʻlsa ham, dononing soʻzlari foydadan xoli boʻlmaydi. Ahmoqning gapiga quloq solish qanchalik zavqli boʻlmasin, u hamma vaqt ziyondir[1].
G
[tahrirlash]- Gar inson ekansan, xalq manfaati yoʻlida harakat qil, toki xalq oʻz xohish-istagi bilan sening xizmatingda boʻlsin[1].
H
[tahrirlash]- Har bir mavjudot muhabbatga muhtojdir, sevishga qobil boʻlmagan odam mavjud emasdir[1].
- Har kim kam soʻzlasa yaxshidir soʻzi,
Undayin kishida inson fazli bor.
Behuda soʻzlovchi palid zabondir,
Koʻp soʻzda koʻp maʼno boʻlmaydi zinhor.
Rost soʻzni xohlasang quloq sol menga,
Laqmadan gung kishi afzaldir ming bor![2] - Har kimning bor ekan tanida joni,
Kim bilan soʻzlashsa, taʼsiri urar.
Yomonlik boʻlmasa kimning afʼoli,
Doim yaxshi bilan xush suhbat qurar![2] - Har kimning feʼl-u atvorida nuqson boʻlsa, uning qilgan nasihatini hech kim qabul qilmaydi[2].
- Har kishi el uchun tortsa agar ranj,
Oqibat muyassar boʻlar unga ganj![2]
I
[tahrirlash]- Ilm namoyondalariga baxillik qilma. Zero, ilm bir xazinadirki, undan qancha foydalansang ham, boylikdan farqli oʻlaroq, baribir koʻpayib boraveradi[1].
- Ilmni amalda qoʻllay olmas ekansan, koʻp bilishingdan foyda yoʻq. Axir sen mingta nayza bilan dushmanga yolgʻiz qarshi borolmaysan-ku![1]
- Insonning boshqa jonzotlardan afzalligi aqldadir. Aqlning maqsadi esa nutq va shirinsuxanlikni takomillashtirishdan iborat[1].
- Insonni xalq bilan bilimdan boshqa hech nima bogʻlay olmaydi. Kimki gunohlarga botgan boʻlsa, ulardan faqat bilim orqali forigʻ boʻlishi mumkin[1].
- Ishq libosini kiyishdan or qilish va muhabbat lazzatidan bebahra boʻlish tabiatning ogʻir jafosi va kasallik taqozosidir[1][2].
J
[tahrirlash]- Jamiyatda bir odamning yomon xulqi hammaga taʼsir qiladi. Sachragan ozgina loy ming chandon koʻp hajmdagi suvni bulgʻaydi[1].
- Johil kishilar oldida kamtarlik qilmagil, aks holda ular nazarida sen tuban va sharmandadirsan. Haqir va notavon koʻrinmay desang, donolar oldida takabbur boʻlmagil[1].
K
[tahrirlash]- Kimki bilimga erishib, uning mazasini totib koʻrgan boʻlsa, bu narsani u podshohlik va davlatni boshqarish huzur-halovatiga almashtirmaydi[1].
- Koʻp holatning buddim shohidi,
Ayb qidirgan buddi aybdor.
Kimning boʻlsa yuragi toza,
Oʻzga aybin qidirmas zinhor.
Doʻst aybini berkitar doim,
Fazilatin mawtaydi takror.
Yaxshiligin ulugʻ deb bilmas,
Oʻzingni ham aslo tutmas xor.
Shunday doʻstga duch kelsang agar,
Qoʻllaringdan chiqarma zinhor![2].
M
[tahrirlash]- Mening ikki toifadagi odamlarga: biror narsaga intilmaydigan iqtidorli odamga va qobiliyatsiz serhafsala odamga rahmim keladi[1].
- Ming yil podsholik qildi-yu Zahhok,
"Yomon" degan nomi qoldi jahonda.
Kisro davlatidan asar yoʻq, biroq,
"Odil" degan nomi takror har onda![2]
N
[tahrirlash]- Nasihatning taʼsiri boʻlmasa hech kishiga,
Taajjubmas, dilida gʻarazi bor kishining.
Yaxshi kamon boʻlsa-yu, kamongar usta boʻlsa,
Oʻqi nishonga tegmay qolmas zinhor kishining[2].
O
[tahrirlash]- Olimlarning aytishlaricha, odamlar toʻrt toifadan iborat. Ularning birlari ochkoʻzdirlar. Oʻzlari yeb, boshqalarga bermaydilar. Ikkinchilari oʻtaketgan ziqnalar boʻlib, oʻzlari ham yemaydilar, boshqalarga ham bermaydilar. Uchinchi toifa saxiy kishilardirki, ular oʻzlari yeb, boshqalarga ham beradilar. Toʻrtinchisi – oliyhimmat odamlardir, oʻzlari yemay boshqalarga beradilar[1].
- Oltin va kumushi boʻlmagan odam kambagʻal emas, balki es-hushi va kasb-hunari boʻlmagan kishi kambagʻaldir[1].
* Ogʻir mehnatlarga yoʻliqdi har kim,
Tamaʼ koʻzini tiksa, doʻst-u dushmanga.
Qilgan tamasiga yetmasa agar,
Gina bilan ozor berdi koʻp tanga.
Tamagirning umri gʻam bilan oʻtar,
Oqibat der bir kun „evoh, attang!“
Har kimi shod ila xandon yashadi,
Borigasabr etsa bormay „man-sanga“.[2].
- Ogʻirchilik va gʻamginlikda qurilgan oqil suhbati bazm va ishratda oʻtkazilgan johil suhbatidan afzaldir[1][2].
- Oshkor qilib boʻlmas sirlaring boʻlsa,
Dilingga joyla-yu, unga muhr bos.
El ogʻziga tushgach ziyoni koʻpdir,
Ikki lab ichidan sir chiqsa bexos![2] - Ochkoʻzning boyligidan g‘am-alam va ozor yetadi. U qayerga borsa, shu yerda dod-u faryod koʻtariladi. Taʼmagirning mol-mulkiga yomon koʻz bilan qarama, zero uning boyligidan tish zirqiraydi[1].
P
[tahrirlash]- Podshohga yaqin kishilar tuhmatchi va gʻiybatchi boʻlsalar, davlat inqirozga yuz tutib, podshoh almashgusidir[1].
Q
[tahrirlash]- Qalbida oltin va kumushlarni yaxshi koʻrgan odam sariq chaqa evaziga minglab odamlar qonini toʻkishi mumkin[1].
- Qanoat aylagin, ey hushyor kishi,
Qanoat rohatdan beradi nishon![2] - Qanoat mevasi rohat, kamtarlik mevasi muhabbat[2].
- Qilingan nasihat qabul sharafiga musharraf boʻlmasa buning illati koʻproq nasihatgoʻyning noʻnoqligiga bogʻliq. Chunki olim komil boʻlsa, qilayotgan vaʼzu nasihatining ostida biror gʻarazi boʻlmasa, eshituvchining qabuliga muyassar boʻladi[2].
R
[tahrirlash]- Rivoyatlardan maʼlumki, hind olimlari koʻp umr koʻradilar, ularning fikr qilish qobiliyati ham kuchliroq. Buning asosiy sababi ovqatni kam isteʼmol qilishdadir[1].
S
[tahrirlash]- Saxiylik bu – insonning saxovat koʻrsatib, keyin bu haqda unutishidir[1].
- Sevgi-muhabbat obroʻli odamni xor qiladi, tuban odamni esa hurmatli insonga aylantiradi[1].
- Sitamgarlik kufrlikdan ham yomonroqdir[1].
- Sitamgar musulmon odil gʻayridindan yomonroqdir[1].
- Suhbat uchun topsang dono kishini,
Yomonlarni yaqin yoʻlatma zinhor,
Dilga yoqqan faqir dono suhbati,
Nodon boydan koʻra yaxshidir ming bor![2] - Soʻradilar: „Oshiq uchun eng ogʻir uqubat nima?“ Javob berdi: „Uzoq muddatli umiddan keyingi noumidlik!“[2]
- Soʻzlaringni eshitmasa hech kimsa,
Behudaga chekma jabr-u jafoni.
Oʻz nafsingga uqi avval nasihat,
Buzmay yursin toki ahdu vafoni![2]
T
[tahrirlash]- Tahsil olish mashaqqatini tortgan odam johillik kasaliga duchor boʻlmaydi[1].
- Tuban odam bilan do‘st tutinib, hamsuhbat boʻlma, chunki uning zarardan boshqa nafi tegmaydi[1].
U
[tahrirlash]X
[tahrirlash]Y
[tahrirlash]- Yasovuldan do‘st tanlama, chunki u haqiqatni tan olmaydi. Sen unga ming martalab nonu suv tutqazsang-da, undan bir marta ham issiq (ovqat) soʻrab ololmaysan[1].
- Yaxshilik va ezgulik yomonlikdan qochgani yangligʻ yomonlik ham yaxshilikdan qochib ketadi[1].
- Yashash uchun ovqatlanurlar, ovqat yeyish uchun yashamaslar[1].
- Yuz marta hol-ahvol soʻragandan koʻra,
Bir tiyin hadya qil doʻst ekan nochor.
Yuzlab shirin soʻzdan yaxshiroq erur,
Bir marta yaxshilik aylasang bir bor.
Yordam qilish agar boʻlmasa dilda,
Tilingni tiyginu, soʻzlama zinhor.
Qup-quruq soʻz bilan aldasa har kim,
U odam emasdir, tulkidir ayyor![2]
Oʻ
[tahrirlash]- Oʻz farzandingni yaxshi xulq-odobli va aqlli boʻlishga oʻrgat. Kimki yoshlikdan yaxshi xulq-odob egallamas ekan, ulgʻayganda undan bilim talab qilma[1].
- Oʻz nafsini deb boylik qidirishdan qochish natijasi rohat, el molidan taʼma ipini uzish natijasi muhabbat, oʻzgalar sirini bilib, aybini topaman deyishdan qoʻl yuvish natijasi yuksak xulqdir[2].
- Oʻzingda hasad hissini qoʻzgʻatmagil. Zero, keyin undan xalos boʻlishing amri maholdir. Uni davolab boʻlmaydi[1].
Sh
[tahrirlash]- Shuni bilginki, mamlakatda tartib-intizom va osoyishtalik oʻrnatilishi odil podshohga bogʻliq. Askarlar farovonligi va davlatning gullab-yashnashi uning odilligidan. Fuqarolar podshohning xazinasi hisoblanadi. Xazina boʻsh boʻlsa, podshoh kambagʻal boʻlib qoladi[1].
Ch
[tahrirlash]- Cheklanib qolmagin mansabing bilan,
Bilim va fazilat izlasang agar.
Nokaslar qoʻlidan shakar yegandan,
Zolim shoh qoʻlidan sen ichgin zahar[2].
Manbalar
[tahrirlash]- ↑ 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 1,10 1,11 1,12 1,13 1,14 1,15 1,16 1,17 1,18 1,19 1,20 1,21 1,22 1,23 1,24 1,25 1,26 1,27 1,28 1,29 1,30 1,31 1,32 1,33 1,34 1,35 Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet.
- ↑ 2,00 2,01 2,02 2,03 2,04 2,05 2,06 2,07 2,08 2,09 2,10 2,11 2,12 2,13 2,14 2,15 2,16 2,17 2,18 2,19 2,20 2,21 2,22 2,23 2,24 2,25 2,26 2,27 2,28 2,29 Hamidjon Xomidiy; Mahmud Hasaniy. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997-yil — 251-bet.