Kontent qismiga oʻtish

Ali

Vikiiqtibosdan olingan
Ali
Vikipediyadagi maqola
Vikiombordagi fayllar

Ali ibn Abu Tolib (taxminan 600-yil; 661-yil) – islomda „xulafo ar-roshidin“ („toʻgʻri yoʻldan borgan xalafalar“), dindorlar oʻrtasida „choryorlar“ deb atalgan dastlabki 4 xalifadan toʻrtinchisi.



Iqtiboslar

[tahrirlash]
  • Eng ezgu ehson hojatmandga berilganidir[1].
  • Eng ulug‘ taqvo harom narsadan qo‘l tortishdir[1].
  • Ilmiga amal qilmagan olim johillar qatoriga kiradi[1].
  • Ilm moldan yaxshidir, u seni muhofaza qiladi, molni esa sen qoʻriqlaysan. Ilm hokim, mol mahkumdir. Mol nafaqa qilish bilan kamaysa, ilm ziyoda boʻladi[1].
  • Ilm olinglar. Ilm bilan birga xotirjamlik, viqor va hilmni (muloyimlikni) ham olinglar. Sizga ta’lim berayotgan kishiga tavozeʼli boʻlinglar. Sizdan ta’lim olayotgan kishilar ham tavozeʼli boʻlishsin. Jabr qiluvchi olimlardan boʻlmanglar. Ilmingiz johilligingiz ustiga qoyim boʻlmasin[1].
  • Ilm sarvat (boylik)dan ustundir. Chunki sen sarvatni qoʻriqlaysan, ilm esa seni qoʻriqlaydi[1].
  • Insofoliyjanoblik belgisidir[1].
  • Iymonlaringizni sadaqa berish bilan mahkam qilinglar, mollaringizni zakot berish bilan omon saqlanglar, balolar toʻlqinini duo bilan daf qilinglar[1].
  • Kimki xolis niyat bilan duo qilsa, duosi ijobatdan mahrum bo‘lmaydi[1].
  • Kimning hojati tushsa, unga ko‘mak berish sizga vojibdir[1].
  • Kufrga ketishning toʻrtta asosi bor: juda chuqurlashib ketish, oʻzaro kurash, toʻgʻridan-toʻgʻri bosh tortish, darz ketish, boʻlinish[1].
  • Kishi oʻzi bilan Alloh oʻrtasidagi aloqasini yaxshilasa, Alloh ham bandalari va uning oʻrtasidagi aloqasini yaxshilaydi[1].
  • Olim kishi kechalari qoyim, kunduzlari roʻzador mujohiddan afzaldir. Olim vafot etsa, islomda bir yoriq paydo boʻladi. U yoriqni faqat olimning oʻrinbosarigina toʻldiradi[1].
  • Olimning ado etilishi lozim boʻlgan haqlari bor. Unga koʻp savol bermaslik, javobiga eʼtiroz qilmaslik, erinib turganida javob berishga zoʻrlamaslik, oʻrnidan turishga qoʻymay, etagiga osilib olmaslik, sirlarini oshkor etmaslik, huzurida biror kishini g‘iybat qilmaslik, undan xato qidirmaslik, bordi-yu xato qilsa, uzrini qabul qilish, modomiki Allohning amriga itoat etarkan, unga ham Alloh uchun hurmat koʻrsatish, oldida oʻtirib olmaslik, biror ehtiyoji boʻlsa, uni ravo qilish uchun hammadan oldin shoshilish olimning haqlaridandir[1].
  • Oqilning tili qalbining ortida, ahmoqning qalbi esa tilining ortidadir[2].
  • Orzu — tamannoga berilmaslik eng sharafli boylikdir, orzuning o‘zi yomon bir amaldir[1].
  • Ogʻizlaringiz Qur’on yoʻlidir, uni misvok bilan tozalangiz[1].
  • Qalb koʻr boʻlganidan keyin koʻzning koʻrishligidan foyda yoʻqdir[1].
  • Qizg‘anchiqlik ojizlikning isyonidir[1].
  • Quloq solsang hikmat keladi, koʻp gapdan nadomat keladi[2].
  • Sabr qilinglar, chunki sabr etish – iymondan. Xuddi bosh jasadda boʻlganidek, sabr ham iymonda boʻladi[1].
  • So‘ralmasidan avval berilsa, bu saxovat hisoblanadi. So‘ralganidan so‘ng berilsa, hayo yoki mazammat bilan bog‘liq bo‘lib qoladi[1].

Manbalar

[tahrirlash]
  1. 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 1,10 1,11 1,12 1,13 1,14 1,15 1,16 1,17 1,18 1,19 1,20 1,21 1,22 1,23 1,24 1,25 1,26 1,27 1,28 1,29 1,30 1,31 1,32 1,33 1,34 1,35 1,36 1,37 1,38 1,39 1,40 1,41 1,42 1,43 1,44 1,45 1,46 1,47 1,48 1,49 1,50 Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet. 
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 Anvar Ahmad. Saodatga yetaklovchi hikmatlar, (birinchi kitob), Toshkent: “Sano-standart” nashriyoti, 2018 — 320-bet.